Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina ham JSSTdan chiqishini e’lon qildi
Argentina hukumati bu kabi qarorni Donald Tramp AQShni JSSTdan chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganidan ikki hafta o‘tib qabul qilmoqda.
Argentina Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqadi. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot kotibi Manuel Adorni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Argentina prezidenti Xaver Mileyning qarori «sog‘liqni saqlash siyosati bo‘yicha, ayniqsa, (COVID-19) pandemiya davridagi chuqur kelishmovchiliklarga asoslangan». Adornining qo‘shimcha qilishicha, Argentina hukumati «xalqaro tashkilotning suverenitetga aralashuviga yo‘l qo‘ymaydi».
Argentina hukumati xalqaro tashkilotdan chiqish to‘g‘risidagi qarorni Donald Tramp AQShning JSSTdan chiqishiga oid farmonni imzolaganidan ikki hafta o‘tib qabul qilmoqda. Hujjatga muvofiq, AQSh JSSTga har qanday turdagi vositalar berilishini to‘xtatadi, shuningdek, JSSTda ishlovchi barcha xodim va pudratchilarini chaqirib oladi.
Farmonda belgilanishicha, JSST AQShdan boshqa mamlakatlarning badallariga nisbatan nomutanosib ravishda katta «to‘lov talab qiladi». Bundan tashqari, Tramp JSSTni zarur islohotlarni amalga oshira olmayotganlikda va «tashkilot a’zolarining nomaqbul siyosiy ta’siriga bog‘lanib qolganlikda» ayblagan.
Donald Tramp birinchi prezidentlik muddati davrida ham Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatgan edi. Trampning fikriga ko‘ra, tashkilotning xatti-harakatlari Xitoyning COVID-19 koronavirusi haqida «noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishiga»ga yordam bergan, bu kasallik ko‘proq avj olishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026