2024 yilda 60 mingdan ortiq norasmiy tadbirkor qonuniylashtirildi
O‘zbekistonda 2024 yilda ro‘yxatdan o‘tmay ishlayotgan 60 mingdan ortiq tadbirkor faoliyati qonuniylashtirildi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha 1625 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 800 mlrd so‘m undirildi.
O‘zbekistonda 2024 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan 60 mingdan ziyod tadbirkorlar faoliyatiga qonuniy tus berildi. Bu Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti yil davomida amalga oshirgan ishlardan biri.
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda uni keltirib chiqarayotgan omil va sabablarini bartaraf etish yo‘nalishlardan biri sifatida faoliyat tashkil etilib, xususan, 12 254 ta tadbirkorlik sub’yektiga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, tadbirkorlarning qonuniy faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilish hamda ularning huquq va manfaatlarining buzilishi bilan bog‘liq 190 ta jinoyatga barham berildi.
Soliq huquqbuzarligi to‘g‘risida tadbirkorlarni xabardor qilish hamda profilaktika choralari orqali jinoyat ishlari qo‘zg‘atmasdan 15,3 mlrd so‘m soliqlarning ixtiyoriy ravishda davlat budjetiga to‘lanishi ta’minlandi.
Profilaktika hamda qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanmagan hamda soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni davom ettirish bilan bog‘liq 1625 ta holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 800 mlrd so‘mdan ortiq soliqlar budjetga undirildi.
Yashirin iqtisodiyotdagi hisobga olinmagan 20,6 mingta holat rasmiy iqtisodiyotda aks ettirilishi ta’minlanib, shakllangan qo‘shimcha manbalar budjetga undirildi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya droni Ukrainadagi avtobusga urildi, ko‘plab qurbonlar bor
Jahon | 11:23
-
UMS, UzAuto Motors, Uzbekistan GTL kabi korxonalardagi davlat ulushi sotiladi
Iqtisodiyot | 11:21
-
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Markaziy Osiyoga tashrifini kechiktirdi
Jahon | 10:44
-
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi
Jahon | 10:32
Mavzuga oid

17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi

20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi

09:52 / 21.02.2025
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

14:35 / 18.02.2025