Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron birinchi drontashuvchi kemani taqdim etdi
Kema ochiq okeanda 9 balli dovul sharoitida va 22 ming dengiz mil masofaga suzish quvvatiga ega.
Eron o‘z harbiy-dengiz kuchlari safiga dronlarni tashish imkoniyatiga ega «Martyr Bagheri» kemasini qabul qildi, deb xabar berdi Tasnim.
Kema bir nechta dron eskadrilyasini joylashtirish, jangovar dronlarni uchirish va boshqa shunga o‘xshash apparatlarni boshqarishga qodir.

Bundan tashqari, «Martyr Bagheri» yengil va tezkor jangovar kemalarni suvga tushirishi, harbiy va yordamchi vertolyotlarni tashishi mumkin. U vertolyotlarni uchirish uchun mobil platforma bilan jihozlangan va yuqori tezlikdagi zarba berish tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Kema ochiq okeanda 9 balli dovul sharoitida va 22 ming dengiz mil masofaga suzish quvvatiga ega. Bu esa unga yoqilg‘i quyishsiz bir yilgacha davom etadigan missiyalarni bajarish imkonini beradi.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni, admiral Alirizo Tangsiriy so‘zlariga ko‘ra, kema ikki yil ichida tijorat kemasini qayta jihozlash orqali qurilgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026