Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp keyingi hafta Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini aytdi
AQSh prezidentiga ko‘ra, uchrashuv Vashingtonda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham urushni muhokama qilmoqchi ekanini bildirdi.
Foto: AP
Tramp keyingi hafta Zelenskiy bilan uchrashmoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba bilan birgalikda Oq uyda o‘tkazilgan brifingda gapirdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Vashingtonda o‘tkazilishi mumkin. «Men u yerga [Kiyevga] bormayman», — dedi u.
AQSh va Ukraina yetakchilari urushda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash evaziga nodir medallar yetkazib berilishini muhokama qiladi. «Biz prezident Zelenskiy bilan ko‘rib chiqadigan masalalardan biri — bu ularning aktivlari xavfsizligini ta’minlash. Ularda yerosti aktivlari bor… Aslida barchamiz xavfsizlikni istaymiz, chunki bilasizki, Yevropa bizdan ko‘ra kamroq mablag‘ sarflamoqda», — deydi Tramp.
Shuningdek, Tramp Putin bilan ham urushni muhokama qilmoqchi ekanini ta’kidlagan. AQSh prezidenti ehtimoliy uchrashuvlarining aniq sanasini aytmagan.
U har ikki tomondan «millionlab odamlar» halok bo‘layotgan urush tezroq tugashini xohlashini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 800 yoki 900 ming rossiyalik askar halok bo‘lgan yoki og‘ir yaralangan, Ukraina tomonida ham «xuddi shuncha» — Tramp ularning yo‘qotishini 700 ming kishi deya baholadi. «Ular biroz kamroq ko‘rsatdi, ammo bu noto‘g‘ri deb hisoblayman», — deydi AQSh prezidenti.
Mavzuga oid
16:34
Grenlandiya va Daniya aholisi Trampga qarshi namoyishga chiqdi
14:40
Tramp G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga doimiy a’zolik uchun 1 mlrd dollar talab qilmoqda
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
22:43 / 17.01.2026