Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqlar yolg‘izlikni kuchaytiradi - olimlar
Amerikalik olimlar jamoasi ijtimoiy tarmoqlardan muntazam foydalanish farovon hayotga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash maqsadida 7 ming kishining to‘qqiz yil davomidagi ma’lumotlarini tahlil qilib chiqdi.
Amerikaning Beylor universiteti olimlari inson ijtimoiy tarmoqlarda qancha ko‘p vaqt o‘tkazsa, o‘zini shuncha yolg‘iz his qilishini aniqladi. Ularning tadqiqot natijalari PSPB ilmiy jurnalida chop etildi.
Qayd etilishicha, olimlar jamoasi raqamli odatlar farovonlikka qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash maqsadida Niderlandiyaning 7 mingga yaqin aholisini to‘qqiz yil davomidagi ma’lumotlarini tahlil qilib chiqqan.
Natijalarning ko‘rsatishicha, ijtimoiy tarmoqlardan ham passiv (lentani shunchaki tomosha qilish), ham aktiv foydalanish (muloqotlar uyushtirish va postlar joylab borish) yolg‘izlik hissi kuchayishi bilan bog‘liq.
Mutaxassislarning taxminicha, onlayn munosabatlar ijtimoiy ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘ladigan jonli muloqotlar o‘rnini bosa olmaydi.
«Ijtimoiy tarmoqlar onlayn jamiyatlar bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi, ammo ulardan foydalanish yolg‘izlikni kamaytirmaydi, balki uni kuchaytirishi mumkin», — deydi tadqiqot muallifi professor Jyeyms Robers.
Olimlar, shuningdek, ikki tomonlama aloqani aniqladi: yolg‘iz insonlar ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qiladi, ammo bu ularning ahvolini yanada og‘irlashtiradi.
Tadqiqotda ruhiy salomatlik uchun jonli muloqotning ahamiyati va raqamli dunyoga bog‘liqlikni o‘rganish davom ettirilishi kerakligi qayd etilgan. Ushbu ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqarishda yordam berishi mumkin.
Mavzuga oid
16:05 / 03.02.2026
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
09:06 / 10.12.2025
Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq kuchga kirdi
09:43 / 29.11.2025
O‘zbekistonlik olimlar yoqilg‘isiz “yashil issiqxona” texnologiyasini yaratdi
18:56 / 10.11.2025