Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi
Janubiy Koreya tadqiqotchilari taqdim etgan qotishma -196 darajadan 600 daraja issiqqacha o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi.

Foto: Shutterstock
Janubiy Koreyaning Pohang Fan va texnologiya universiteti olimlari materialshunoslik sohasida katta yutuqqa erishdi — ular Tselsiy bo‘yicha 196 daraja sovuqdan 600 daraja issiqqacha bo‘lgan haroratlar oralig‘ida o‘z xususiyatlarini saqlab qoluvchi qotishmani ishlab chiqdi.
Yangi yuqori entropiyali nikel asosidagi qotishma «giperadapter» nomini oldi. Uning asosiy xususiyati — har qanday harorat o‘zgarishlarida mexanik xususiyatlarining barqarorligidir. Bu ilgari metall materiallar uchun imkonsiz deb hisoblanardi.
Bunday xususiyatlarning siri — qotishma tarkibida bir tekis taqsimlangan L1₂ nanoo‘lchamdagi zarralar. Bu mikroskopik elementlar mustahkamlovchi karkas vazifasini bajaradi va deformatsiyaning oldini oladi. Shu bilan birga, materialning ichki tuzilmasi tashqi sharoitlardan qat’iy nazar, yuklamalarga moslasha oladi.
Ushbu yangilik o‘ta muhim harorat tebranishlariga duch kelinadigan sohalarda qo‘llanilishi mumkin. Gap kosmik raketalar, reaktiv dvigatellar, avtomobil chiqindi gaz tizimlari, energetik turbinalar va sanoat quvurlari haqida ketmoqda.
Mavzuga oid

00:30 / 23.06.2025
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi

11:46 / 21.06.2025
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

01:29 / 04.06.2025