Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Sibir kuydirgisining oxirgi bosqichini ham davolash usulini aniqladi
Sibir kuydirgisining ilk belgilari grippga o‘xshash bo‘lgani uchun uni aniqlash qiyin, bu esa ko‘pincha tashxisning kech qo‘yilishiga olib keladi.
Foto: AP
Pitsburg universiteti olimlari Sibir kuydirgisining so‘nggi bosqichlarini davolashda yutuqqa erishib, hujayralarning yakuniy shikastlanishini qaytarish imkoniyatiga ega usulni ishlab chiqdi. Tadqiqot natijalari Nature Microbiology ilmiy jurnalida chop etildi.
Qayd etilishicha, tadqiqotchilar o‘sish omillari kokteyli Sibir kuydirgisi toksinlari tomonidan shikastlangan hayotiy muhim hujayra yo‘llarini qayta faollashtira olishini aniqlagan. Ushbu yondashuv allaqachon sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalarda samaradorligini ko‘rsatib, kasallik «qaytmas nuqta»ga yetganidan keyin ham jonzotlarining yashab qolish ehtimolini oshirgan.
Mutaxassislarni eng ko‘p tashvishga solayotgan narsa Bacillus anthracis bakteriyasining biologik qurol sifatida qo‘llanish ehtimolidir.
«Sibir kuydirgisining ilk belgilari grippga o‘xshash bo‘lgani uchun uni aniqlash qiyin, bu esa ko‘pincha tashxisning kech qo‘yilishiga olib keladi. Kasallik so‘nggi bosqichga o‘tganida esa zamonaviy davolash usullari deyarli samarasiz bo‘lib qoladi», — deydi tadqiqot mualliflari.
Tadqiqotchilar Sibir kuydirgisining halokatli toksini asosiy fermentlardan biri MEK’ni inaktivatsiya qilib, muhim hujayra jarayonlarini izdan chiqarishini aniqlagan. Biroq klinik qo‘llash uchun tasdiqlangan uchta o‘sish omili kombinatsiyasi zararlangan ERK va p38 yo‘llarining faoliyatini tiklashga muvaffaq bo‘lgan, bu esa olimlar uchun kutilmagan natijaga aylangan.
Hozirda olimlar jamoasi ushbu usulni insonlar uchun moslashtirish ustida ishlamoqda, chunki turli hujayra tiplari har xil o‘sish omillari kombinatsiyasini talab qilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
O‘zbekiston aholisi oziq-ovqatga daromadining 1/3 qismini sarflamoqda – tahlil
Iqtisodiyot | 17:58 / 01.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zoxran Mamdaniy: Nyu-York meri lavozimidagi ilk musulmon
Jahon | 08:22
-
Avstriyada ehtimoliy rossiyalik josus fosh etildi
Jahon | 08:00
-
Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga yetib bordi: S5+1 sammiti va AQSh prezidenti bilan uchrashuv rejalashtirilgan
O‘zbekiston | 07:37
-
Mega-ko‘priklar reytingi: rekordchi uchlik va Fahd dambasi
Jahon | 07:30
Mavzuga oid
15:46 / 19.08.2025
Miyadagi fikrlarni ovozga aylantiradigan qurilma ishlab chiqildi
00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
22:31 / 24.06.2025
Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin
00:30 / 23.06.2025