O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi migrantlarga huquqiy holatini qonuniylashtirishni taklif etdi
Elchixonaning eslatishicha, Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgan chet el fuqarolari 30 aprelgacha huquqiy maqomini qonuniylashtirishi kerak.

Foto: TASS
Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ehtimoliy salbiy oqibatlarning oldini olish uchun huquqiy holatini zudlik bilan hal etish choralarini ko‘rishi kerak. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ogohlantirdi.
Qayd qilinishicha, Rossiya prezidenti farmoniga ko‘ra, 5 fevraldan boshlab Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan yuritiladigan «nazorat qilinadigan shaxslar reyestri» ishga tushirildi.
Ushbu reyestrga migratsiya qonunchiligi sohasida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan chet el fuqarolari kiritiladi. Mazkur reyestrga kiritilgan chet el fuqarolari Rossiyadan chiqib ketishi yoki 30 aprelgacha bo‘lgan davrda huquqiy maqomini qonuniylashtirishi kerak. Buning uchun o‘zi istiqomat qilib turgan joydagi Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organiga yoki «PVS» (Pasportno-vizovyy servis) filialiga murojaat qilish shart. Shuningdek, Moskva shahridagi chet elliklar uchun «Saxarovo» ko‘p funksiyali migratsiya markaziga murojaat qilish talab etiladi.
Ta’kidlanishicha, «Amnistiya» davrida (30 aprelgacha) farmonga binoan, chet el fuqarolariga nisbatan Rossiya hududidan chiqarib yuborish, maxsus saqlash muassasalarga joylashtirish va keyinchalik Rossiya hududiga kirishni cheklash bilan bog‘liq choralar qo‘llanmaydi.
Shu bilan birga, nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilgan chet el fuqarolariga quyidagilar taqiqlanadi:
- Ko‘chmas mulk va transport vositalarini sotib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Nikoh tuzish;
- Yuridik tashkilot yoki firmalarni tashkil etish va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish;
- Bank hisob raqamlarini ochish va bank operatsiyalarini bajarish;
- Transport vositalarini boshqarish.
Rossiya hududida noqonuniy yurgan chet elliklarning voyaga yetmagan bolalarini ta’lim muassasalari (maktablar va bolalar bog‘chalari)ga qabul qilish ham mumkin bo‘lmaydi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?
O‘zbekiston | 08:20
-
Kaliforniya rasmiylari Trampdan Milliy gvardiyani chaqirib olishni talab qildi
Jahon | 08:00
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

13:27 / 08.06.2025
Los-Anjyelesda migratsiya xizmati reydlari tufayli norozilik namoyishlari avj oldi

18:53 / 07.06.2025
«Vagner» tarkibiga yollangan o‘zbekistonlik sudlandi

13:16 / 07.06.2025
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»

10:22 / 07.06.2025