Toshkent viloyatidagi bojxona postida 2 mln rubldan oshiq pullarni yashirib olib chiqayotganlar fosh etildi
Surishtiruvda ikki yo‘lovchi boshqa shaxsga tegishli bӯlgan xorijiy valutalarni ma’lum bir haq evaziga olib chiqmoqchi bo‘lgani aniqlangan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi
Toshkent viloyatida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali 2 mln rubldan oshiq pullarni yashirib olib chiqayotganlar fosh etilgan. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan ikki nafar yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtida o‘z hatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan.
Shundan so‘ng shubhali harakatlar qilgan yo‘lovchilar belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik davomida fuqaroning cho‘ntagida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan 1 mln 460 ming, ikkinchi yo‘lovchida 730 ming Rossiya rubli borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda
Jamiyat | 20:00
-
O‘zbek tilida yozilgan birinchi startap qo‘llanmasi taqdim etildi
Jamiyat | 19:52
-
Kambag‘al oila farzandlari maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi
O‘zbekiston | 19:45
-
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi
O‘zbekiston | 19:29
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025