Eron tomonidan xavf tufayli Trampni himoyalashda «xo‘rak samolyot»dan foydalanilgan
Saylovoldi poygasi davrida siyosatchining jamoasi Eronning AQShdagi maxfiy josuslari «yer – havo» tipidagi raketalarga egaligidan xabar topgan. Shundan so‘ng uning samolyotida o‘zi emas, yordamchilari uchishgan.

Brian Snyder / Reuters / Scanpix / LETA
Donald Trampning xavfsizlik xizmati 2024 yilgi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida huquq-tartibot organlari orqali Eron AQShga «yer — havo» tipidagi raketalardan foydalanish imkoniga ega maxfiy josuslarini kiritganidan xabar topgach, favqulodda ehtiyot choralarini qabul qilgan. Bu haqda 9 fevral kuni Axios nashri jurnalist Aleks Ayzenshtadtning 18 mart kuni nashrdan chiqishi kutilayotgan «Revenge: The Inside Story of Trumpʼs Return to Power» nomli kitobiga tayanib xabar tarqatgan.
Ayzenshtadt Trampning yordamchilariga asoslanib, siyosatchiga 2024 yil 15 sentabrda Floridada uyushtirilgan ikkinchi suiqasddan keyin xavfsizlik xizmati xo‘rak-samolyotdan, ya’ni ichida Tramp bo‘lmagan samolyotdan foydalana boshlagan. Uning jamoasi eronliklar uning tanish oson bo‘lgan, Trump Force One nomi bilan tanilgan xususiy samolyotini parvoz chog‘ida yoki qo‘nayotganida urib tushirishidan xavfsiragan.
Yakunda yordamchilarning aksar qismi navbatdagi saylovoldi tadbiriga Trump Force One bilan uchgan, Trampning o‘zi esa o‘z do‘sti Stiv Uitkoffga (hozirda Trampning Yaqin Sharqdagi vakili) tegishli bo‘lgan samolyotda parvoz qilgan. Yordamchilarning ko‘pchiligi maxfiy reja haqida parvoz arafasidagina, Trampning oyna oldidagi joyi bo‘shligini ko‘rganidan keyin xabardor bo‘lgan. Ayzenshtadtning so‘zlariga ko‘ra, xodimlarning ayrimlari agar samolyot urib tushiriladigan bo‘lsa, «to‘p yemi»ga aylanishdan xavotirlanib, g‘azab otiga minishgan. Shu bilan birga, saylovoldi shtabi rahbarlari xodimlarni ular xo‘rak sifatida foydalanilmasliklariga ishontirishga uringan. Yordamchilar esa agar eronliklarning maxfiy josuslarida «yer — havo» tipidagi raketalar bor bo‘lsa, ular nima uchun samolyotga chiqarilgani haqida savol berishgan.
Aleks Ayzenshtadt qayd etishicha, AQSh Maxfiy xizmati o‘sha kuni ikkita kortej tashkil etgan: ulardan birida Tramp, boshqasida — uning xodimlari ketishgan. Boshqa safar esa, jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, Maxfiy xizmat agentlari elektr magnit zambarak orqali Trampning kortejini kuzatgan uchuvchisiz uchar qurilmani ishdan chiqargan.
The New York Times va The Washington Post gazetalari 2024 yil oktyabrda Trampning shtabi Eron tahdidi tufayli siyosatchini himoyalash uchun harbiy vositalar so‘ragani haqida xabar bergan. Ular harbiy aviatsiya, o‘q o‘tkazmaydigan oynalar so‘ragan, shuningdek, Tramp qarorgohi hamda uning mitinglari o‘tkaziladigan joylar ustida parvozalarni cheklashni kengaytirishni talab qilishgan. Trampning saylov poygasidagi raqibi Jo Bayden «amaldagi prezident» sifatida uni himoyalash uchun qo‘riqchilar bilan ta’minlashga buyruq bergan.
Bu voqealardan avvalroq Eron Donald Tramp birinchi prezidentligi davrida, 2020 yil yanvarida Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyni o‘ldirishga buyruq bergani uchun undan qasos olish bilan tahdid qilgandi. AQSh adliya vazirligi 8 noyabr kuni korpus Trampni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rgani, ammo Federal qidiruv byurosi jinoyatchilarning rejasini yo‘qqa chiqarganini xabar qilgandi.
AQSh Federal qidiruv byurosi Donald Trampning hayotiga ikki suiqasdni tergov qilmoqda. Bulardan birinchisi 2024 yil 13 iyul kuni Pensilvaniyadagi Batler shaharchasida ro‘y bergan, o‘shanda Tramp miting chog‘ida qulog‘idan yaralangandi. Ikkinchi suiqasd 15 sentabr kuni Floridadagi Palm-Bichda, Tramp o‘ynaydigan golf-klub yonida ro‘y beradi, o‘shanda siyosatchiga o‘q tegmagandi. Aleks Ayzenshtadtning yozishicha, Eron bu suiqasdlarga aloqador bo‘lmagan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
-
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
Iqtisodiyot | 22:41 / 24.05.2025
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmaydi» deb va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask nega siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

21:45 / 23.05.2025