Italiyada firibgarlar sun’iy intellekt yordamida mudofaa vaziri ovozini hosil qilib, tadbirkorlarni chuv tushirdi
Ular mamlakatdagi yirik biznesmenlarga Eron va Suriyada garovga olingan italiyaliklarni ozod etish uchun pul kerakligini aytishgan. Qurbonlardan biri firibgarlarga kamida 1 mln yevro o‘tkazib bergan.

Foto: AP
Firibgarlar sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozettoning ovozini hosil qilib, pul undirishga urindi, deb xabar beradi La Repubblica.
Qayd etilishicha, jinoyatchilar Krozetto va vazirlikning boshqa xodimlari nomidan italiyalik tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularni chet el banklaridagi hisobraqamlarga pul o‘tkazishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. Ular pul Suriya va Eronda garovda saqlanayotgan italiyaliklarni chiqarib olish uchun kerakligini aytishgan.
Firibgarlar dipfeyklardan tashqari Mudofaa vazirliginikiga o‘xshash raqamlardan qo‘ng‘iroq ham qilgan. Italiya OAVga ko‘ra, modeler Jorjo Armani, Prada modalar uyi direktorlar kengashi rahbari Patritsio Bertelli, Pirelli shinalar ishlab chiqaruvchisi top-menejeri Marko Tronketti Provere, shuningdek, «Inter» futbol klubining sobiq egasi milliarder Massimo Morattiga shu kabi qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlardan kamida bir nafari firibgarlarga 1 million yevro o‘tkazib bergan. Italiya OAVga ko‘ra, firibgarlar yanvar oyida Eron qamoqxonasidan jurnalist Chechiliya Sala ozod etilgani va bu barcha joyda ovoza bo‘lganidan foydalangan.
Firibgarlar odamlarning ovozi va tasvirini paydo qilishda ko‘pincha dipfeyklardan foydalanmoqda. Sumsub kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, firibgarlar tomonidan 2023 yilda bu kabi texnologiyadan foydalanish 700 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi
Jahon | 16:13
-
O‘zbekiston Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirdi
O‘zbekiston | 15:38
-
Isroil Eronning bir nechta generallari va olimlarini o‘ldirdi
Jahon | 15:37
-
Londonda "O‘zbekiston huquq kuni" biznes-forumi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:21
Mavzuga oid

16:09 / 11.06.2025
Prezident ETTB, BAA va Lombardiya bilan hamkorlikning ustuvor masalalarini muhokama qildi

22:21 / 09.06.2025
Italiyalik erkak bir yil davomida ish joyidan salkam 2 kilo oltin o‘g‘irladi

20:32 / 06.06.2025
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

20:29 / 02.06.2025