O‘zbekiston | 09:59 / 11.02.2025
5509
2 daqiqa o‘qiladi

Penoblok va gazoblokdan keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga ustuvorlik beriladi

2025 yil 1 avgustdan boshlab pishgan g‘isht ishlab chiqarishdan muqobil texnologiyalardan keng foydalanishga o‘tish maqsadida devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi.

Prezidentning “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi

2025 yil 1 avgustdan boshlab pishgan g‘isht ishlab chiqarishdan muqobil texnologiyalardan keng foydalanishga o‘tish maqsadida devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2025 yil uchun belgilangan stavkaga nisbatan 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llanadi hamda 2027 yildan bosqichma-bosqich qo‘shimcha ravishda oshiriladi.

2027 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligiga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlarida tuproq karerlari faoliyati taqiqlanadi.

Ko‘p qavatli turar joylarni loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlardan sug‘orishda foydalanish tizimlarini tashkil etish majburiy etib belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid