Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston olima ayollari forumida ishtirok etdi
O‘zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kuni nishonlandi. Unda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.
Bugun, 11 fevral kuni O‘zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kuni nishonlandi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida yozib qoldirdi.
«Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda olimlarning 48 foizini ayollar tashkil etadi.
«Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi. Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz», — deydi prezident yordamchisi.



Mavzuga oid
17:16 / 01.07.2026
«Tamerlano» operasi Parijni zabt etdi - Saida Mirziyoyeva
18:37 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
16:27 / 26.06.2026