Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda Markaziy bank 7,6 mlrd dollarlik valuta intervensiyalarini amalga oshirdi
Regulyatorning valuta intervensiyalari o‘tgan yilda 2023 yilga nisbatan 6 foizga yoki 8,1 mlrd dollardan 7,6 mlrd dollarga qisqargan.
2024 yilda Markaziy bank 7,6 mlrd dollarlik valuta intervensiyalarini amalga oshirgan. Bu haqda 12 fevral kuni bo‘lib o‘tgan media muloqotda Markaziy bank Monetar operatsiyalar departamenti direktori Alimardon Odilov ma’lum qildi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.
“O‘tgan yilning I choragida valuta bozoridagi intervensiyalarning sof hajmi 3,5 mlrd dollarni, II chorakda – 1,6 mlrd dollarni, III chorakda – 0,5 mlrd dollarni, IV chorakda – 2 mlrd dollarni tashkil etdi”, dedi Odilov.
Regulyatorning valuta intervensiyalari o‘tgan yilda 2023 yilga nisbatan 6 foizdan ko‘proqqa yoki 8,1 mlrd dollardan 7,6 mlrd dollarga qisqargan.
“2024 yilning birinchi choragida boshqa davrlarga nisbatan ko‘proq valuta intervensiyalari sodir bo‘ldi. Bu yanvar-fevral oylarida valutaga bo‘lgan talabning biroz oshgani bilan bog‘liq bo‘lib, 2023 yilda ham kuzatilgan”, — deya qo‘shimcha tushuntirish berdi MB vakili.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026