Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi
Ta’kidlanishicha, majburiy yagona tariflar sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Toshkent hamda Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Toshkent viloyatining ayrim hududlarida (Bekobod va Nurafshon shahri hamda Zangiota tumani) jismoniy shaxslar, ya’ni aholi uchun 7 840 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 metr kub uchun 82 880 so‘m to‘lov miqdori belgilandi.
Belgilangan to‘lov tarifi Toshkent viloyati «Ibrohimjon ishonch» MChJ, «Shabnam-obod-servis» MChJ, «Ahmadjon omad baraka» XK, «Dilshod Murodbaraka» XK, «Metal-mexanik-master» MChJ, «Orzu ishonch fayz» MChJ, «Dilxumor servis» MChJ, «Obod hudud servis» MChJ, «Iskandar servis luks» MChJ, «Maks qur lider maxsus» MChJ hamda «Nurafshon-obod-hudud» MChJlar kabi sanitar tozalash korxonalari uchun tasdiqlangan.
Shuningdek, Navoiy viloyatining ayrim hududlarida (G‘ozg‘on shahri hamda Xatirchi, Navbahor, Nurota va Konimex tumanlari) jismoniy shaxslar ya’ni aholi uchun 4 950 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 metr kub uchun 80 080 so‘m miqdorida to‘lov tasdiqlandi. Belgilangan to‘lov tarifi «Mironshox comfort servis» MChJ sanitar tozalash korxonasi uchun amal qiladi.
Maishiy chiqindilarni joylashtirish, saqlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish xizmati uchun Navoiy viloyati bo‘yicha 1 metr kub — 20 160 so‘m hamda 1 tonna — 48 933 so‘m etib tasdiqlandi.

«Mazkur majburiy yagona tariflar sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlashga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Surxondaryo viloyatida maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflari oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:57 / 28.01.2026
Navoiyda oltin qazish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan guruh ushlandi
16:44 / 28.01.2026
Chiqindidan qarzi bor 152 ming abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yildi
14:16 / 24.01.2026
Uyda o‘tirib daromad topayotgan qishloq kelini: onlayn faoliyat orqali mustaqillikka erishgan 22 yoshli Marjona haqida
11:39 / 22.01.2026