Yangi interaktiv vosita dunyodagi işlatilgan yadro yonilğisi qayerda joylaşgani, qay tarzda saqlanayotgani va qayta işlanayotgani haqidagi eng töliq ommaviy ma’lumotlarni bir joyga jamlaydi.

Ma’lumotlar AQŞ emas, balki AEXAga a’zo davlatlar tomonidan «Işlatilgan yadro yonilğisi va radioaktiv çiqindilar bilan xavfsiz muomala qiliş böyiça qöşma konvensiya» doirasida taqdim etilgan hisobotlar asosida tayyorlangan.
Global Spent Nuclear Fuel Inventory Tool deb nomlangan platforma orqali foydalanuvçilar mamlakatlar, mintaqalar va saqlaş usullari kesimida işlatilgan yadro yoqilğisi zaxiralarini örganişi mumkin.
448 ming tonna yadro yonilğisi işlatilgan
AEXA hisob-kitoblariga köra, hozirga qadar jahon atom reaktorlaridan taxminan 448 ming tonna oğir metall (yadro yonilğisidagi uran va boşqa oğir elementlarni hisoblaşda qöllanadigan ölçov birligi) çiqarib olingan.
Şundan:
322 ming tonnasi hozirgaça turli omborlarda saqlanmoqda;
126 ming tonnasi esa qayta işlangan.
Qayta işlaş jarayoni işlatilgan yonilğidan yana foydalaniş mumkin bölgan materiallarni ajratib oliş imkonini beradi. Bu yangi uran qazib oliş ehtiyojini kamaytiradi hamda yakuniy kömişni talab qiladigan yuqori radioaktiv çiqindilar hajmini qisqartiradi.
Yadro çiqindilari qanday saqlanmoqda?
AEXA ma’lumotiga köra, dunyodagi işlatilgan yadro yonilğisining:
41 foizi suvli (nam) saqlaş tizimlarida saqlanmoqda. Bular, odatda, AES hududidagi suv bilan töldirilgan maxsus basseynlar bölib, ularda reaktordan çiqarilgan yoqilği sovitiladi va radiatsiyadan himoya qilinadi.







