Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Ohangaron shahrida 18−25 yosh oralig‘idagi 7 nafar yigit Telegram messenjerida milliarder Alisher Usmonov nomidan «aksiyalar» tashkillashtirib, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirib kelgani aniqlandi.
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik orqali fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirayotgan yetti nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ohangaron shaharida yashovchi 25 yoshli (Sh.B.) o‘z xonadonida Farg‘ona viloyatida yashovchi 18-25 yosh orasidagi olti nafar shaxsni jalb qilgan holda Telegram orqali «Alisher Usmonov aksiyasi» nomi bilan 200 dan ortiq guruh ochib, faoliyat yuritgan.
Ular guruhda fuqarolarga yutuq chiqqani haqida yolg‘on ma’lumotlar yuborib, yutuqni olish uchun badal puli talab qilgan va turli miqdordagi pul mablag‘larini boshqa shaxslar nomidagi bank kartalari orqali o‘zlashtirgan.
Tadbir davomida mazkur xonadondan 4 dona kompyuter, 11 dona telefon, Wi-Fi qurilmalari hamda turli bank kartalari daliliy ashyo sifatida olingan.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, ushbu guruhning har bir a’zosiga alohida vazifa belgilangan. Bir shaxs soxta chek tayyorlab, guruhlarni nazorat qilsa, boshqasi reklama tarqatish va guruhlarga odam yig‘ish bilan shug‘ullangan.
Shuningdek, yana biri fuqarolar bilan muloqotga kirishish vazifasini bajargan bo‘lsa, boshqasi kunlik pul tushumlarini bankomatlar orqali naqdlashtirish bilan shug‘ullangan.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq firibgarlar tomonidan Telegram orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilot rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin 75 yil ichida dengiz sathi uch metrga ko‘tarilishi mumkin - olimlar
Fan-texnika | 00:12
-
YeI davlatlari «Ozodlik radiosi» uchun muqobil moliyalashtirish manbalarini qidiradi
Jahon | 23:38 / 18.03.2025
-
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»
Jahon | 23:07 / 18.03.2025
-
Bundestag mudofaa xarajatlarini oshirishga yordam beradigan qonunni ma’qulladi
Jahon | 22:25 / 18.03.2025
Mavzuga oid

20:30 / 18.03.2025
Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi

09:13 / 17.03.2025
Toshkent viloyatida qizlarni shahvoniy maqsadda O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan 8 nafar shaxs ushlandi

23:32 / 15.03.2025
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

10:06 / 15.03.2025