Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zgidromet 17-19 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotni taqdim etdi.
Foto: Kun.uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 fevralda -1...-6, 18-19 fevralda -2...+3, kunduzi 17-18 fevralda +6...+11, 19 fevralda +5...+10 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi +10...+15, 18 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +8...+13, 19 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 17 fevralda -1...-6, 18-19 fevralda -2...+3, kunduzi 17-18 fevralda +6...+11, 19 fevralda +5...+10 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 fevralda Samarqand viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi 17 fevralda +8...+13, 18-19 fevralda +10...+15 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi 17 fevralda +12...+17; 18-19 fevralda +10...+15 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi 17 fevralda +6...+11; 18-19 fevralda +8...+13 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi -3...-8, kunduzi -3...+2, 18-19 fevralda kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:52 / 07.02.2026
Tog‘larga ko‘p qor yog‘di: bu yil barakali, ammo xavfli mavsum bo‘ladi
12:37 / 06.02.2026
Hafta oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmayapti
10:56 / 04.02.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
13:13 / 02.02.2026