Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaliklarning 55 foizi Mask qaror qabul qilinishida haddan ortiq ta’sirga ega deb hisoblamoqda
Kvinnipiak universiteti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalarida ko‘ra, Ilon Maskning Tramp ma’muriyatidagi yetakchilik rolini ma’qullamagan saylovchilar ulushi biroz oshgan.
Amerikaliklarning 55 foizdan ortig‘i Ilon Mask mamlakatga ta’sir ko‘rsatadigan qarorlarning qabul qilinishida haddan ortiq katta kuchga ega deb hisoblamoqda. Bu haqda Kvinnipiak universiteti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalarida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, so‘rov 3-17 fevral kunlari AQShda ro‘yxatga olingan 1039 nafar saylovchi o‘rtasida o‘tkazilgan. Respondentlarning 55 foizi Mask qaror qabul qilinishida haddan ortiq ta’sirga ega deya hisoblagan. Shu bilan birga, respondentlarning 36 foizi Mask mamlakatga ta’sir qiluvchi qarorlar qabul qilish uchun yetarli kuchga ega degan bo‘lsa, 3 foizi esa unda juda kam kuch bor deb hisoblagan.
So‘rovda ishtirok etgan demokratlarning 1 foizi, mustaqil respondentlarning 33 foizi va respublikachilarning 78 foizi Maskni yetarlicha ta’sir doiraga ega deb topgan.
Natijalarga ko‘ra, o‘tgan oydagi so‘rovga nisbatan Maskning Tramp ma’muriyatidagi yetakchilik rolini ma’qullamagan saylovchilar ulushi biroz oshgan.
Maskning yetakchilik rolini ma’qullayotganlar ulushi 54 foizni, unga qarshilik bildirayotganlar esa 42 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026