Qurilish maydonida changni bartaraf etmagan mansabdor shaxs jazolanadi
Bunda davlat ekologik nazorati inspeksiyasi mazkur huquqbuzarliklarni aniqlashga hamda javobgarlikka tortishga mas’ul bo‘ladi.

Senat «Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida»gi qonunni ma’qulladi.
Qonun bilan, bunday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida, agar shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llangandan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qo‘llashni nazarda tutuvchi me’yor kiritilmoqda.
Bunda davlat ekologik nazorati inspeksiyasi mazkur huquqbuzarliklarni aniqlashga hamda javobgarlikka tortishga mas’ul bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 500 kv.m. ochiq qurilish maydonidan yiliga o‘rtacha 50 tonna chang va qum zarralari havoga ko‘tariladi.
Qurilish maydonida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar (changni bostirish uchun osma yomg‘irlatgich va suv purkagichlardan foydalanish) shaharsozlik qoidalariga kiritilgan.
Mavzuga oid

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

13:00 / 30.04.2025
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlash haqidagi qonunni ma’qulladi

13:39 / 29.04.2025