Isroilda avtobuslardagi portlashlar seriyasi tekshirilmoqda
Tel-Aviv yaqinidagi Bat-Yam shahrida uchta bo‘sh avtobus portladi, yana ikkita portlovchi qurilma zararsizlantirildi. Qurbonlar yo‘q. Politsiya yangi portlovchi qurilmalarni topdi.

Foto: AP
Isroilning Tel-Aviv janubidagi Bat-Yam shahrida 20 fevral, payshanba kuni kechqurun avtoturargohda turgan uchta avtobus portlab ketdi. Yana ikkita portlovchi qurilma zararsizlantirildi, deya xabar beradi Isroil OAV. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Bat-Yam ma’muriyati avtobuslar «portlashdan bir necha daqiqa oldin avtoturargohga yetib kelganini bildirdi», deb yozadi The Times of Israel. Har birida 5 kilogramm portlovchi modda bo‘lgan barcha beshta bombaning taymerlari 21 fevral kuni ertalab bir vaqtning o‘zida o‘chirishga dasturlashtirilgan edi, deb yozadi The Times of Israel Isroil xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib. Keyinroq politsiya Bat-Yam va Xolon shaharlarida avtobuslarda yana to‘rtta portlovchi qurilma topilganini ma’lum qildi.
Isroil rasmiylari voqeani «strategik terakt»ga urinish deb hisoblamoqda. Tergovda Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) va "Shin-Bet" xavfsizlik xizmati ishtirok etmoqda.
Tulkarmadagilar qasosimi?
Isroil matbuoti xabarlariga ko‘ra, kamida bitta ishlamay qolgan portlovchi qurilmada «Tulkarmadan qasos» yozuvi borligi aniqlangan, G‘arbiy Sohil bo‘yidagi shaharchada TSAHAL 21 yanvardan beri «Temir devor» nomi bilan keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazmoqda.
Oradan ko‘p o‘tmay, Tulkarmadagi Hamas guruhining «bataloni» vakili ekanini da’vo qiluvchi Telegram-kanal: «Bosqinchi bizning zaminimizda bor ekan, qasos unutilmaydi» degan ibora bilan xabar joylashtirdi.
Isroil bo‘ylab avtobus haydovchilariga safarni boshlashdan oldin avtobuslarini yaxshilab tekshirish buyurildi. Ben-Gurion aeroportida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Isroil mudofaa vaziri Israel Katsning aytishicha, u allaqachon TSAHALga «Tulkarma qochqinlar lagerida, shuningdek, Yahudiya va Samariyadagi barcha qochqinlar lagerlarida aksilterrorchilik faolligini oshirishni» buyurgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
-
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
Iqtisodiyot | 11:59
-
Bojxona ma’muriyatchiligida o‘zgarishlar amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 11:47
-
Microsoft Windows’dagi ko‘k rangli “o‘lim ekrani”dan voz kechadi
Fan-texnika | 11:45
Mavzuga oid

07:48
«Bu hali yakuniy qaror emas» – Tashqi ishlar vazirligi BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi

16:35 / 31.03.2025
BAA sudi rohib qotilligida gumon qilingan o‘zbekistonliklarni o‘limga hukm qildi – OAV

15:23 / 30.03.2025
Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha yangi taklifni qabul qildi

13:09 / 29.03.2025