Kelişuv 26 iyun kuni AQŞ poytaxti Vaşingtonda imzolandi. AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning ta’kidlaşiça, uşbu hujjat ikki davlat örtasida mustahkam tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaş yölidagi muhim qadam hisoblanadi.
Isroil va Livan 1948 yildan beri rasman diplomatik munosabatlarga ega emas hamda huquqiy jihatdan uruş holatida hisoblanadi.
Axios naşri Isroil va AQŞ rasmiylariga tayanib xabar berişiça, kelişuvga muvofiq Isroil mudofaa armiyasi (TSAHAL) Livan janubidagi Litani daryosining şimoli va janubida joylaşgan ikki kiçik hududdan öz qöşinlarini olib çiqadi.
Bu hududlar nazorati tajriba loyihasi sifatida Livan armiyasiga topşiriladi. Jarayonda AQŞ harbiylari ham iştirok etib, uşbu hududlarda «Hizbulloh» guruhi jangçilari qayta joylaşmasligini nazorat qilişi rejalaştirilgan.
Şunga qaramay, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu kelişuv imzolanganidan söng TSAHAL Livan janubida barpo etilgan «xavfsizlik hududi»ni hozirça tark etmasligini bildirdi.
Uning sözlariga köra, «Hizbulloh» qurolsizlantirilmagunça va Isroilga nisbatan tahdid saqlanib turgan ekan, Isroil öz harbiylarini mazkur hududdan çiqarmaydi.
Netanyahu uşbu kelişuvni Eronning Livandagi ta’siriga berilgan jiddiy zarba deb baholadi.
«Amalda Isroil, Livan va AQŞ Eronga Livanda uning ham, “Hizbulloh”ning ham, boşqa har qanday taşqi kuçning ham örni yöqligini bildirmoqda», — dedi Isroil boş vaziri.
Livan prezidenti Jozef Aun esa kelişuvni mamlakat fuqarolarining öz uylariga va ozod etilgan yerlariga qaytişi uçun qöyilgan birinçi qadam deb atadi.
Uning ta’kidlaşiça, Livan öz hududi va suverenitetini heç kim bilan bölişmaydi.
Biroq «Hizbulloh» rahbari Naim Qosim Isroil qöşinlari Livan hududining har bir qariçidan heç qanday şartlarsiz çiqib ketişini talab qildi.
Guruh vakili, Livan parlamenti deputati Hasan Fadlalla esa hukumat mazkur kelişuvni amalga oşirişga urinsa, bu mamlakatda fuqarolar uruşiga sabab bölişi mumkinligini bildirdi.
Tomonlar yakuniy tinçlik kelişuvini 60 kun içida işlab çiqişni rejalaştirmoqda.












