Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Jinping Xitoy armiyasini «har jihatdan jahon darajasidagi armiyaga» aylantirishni buyurdi
Xitoy armiyasi umumiy jangovar tayyorgarlikni yaxshilash va intizomni saqlash uchun innovatsiyalarni joriy qiladi.
Xitoy rahbari Si Jinping Xalq ozodlik armiyasining (XOA) odob-axloq qoidalari va tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Sinxua agentligiga ko‘ra, XOA umumiy qoidalari, ichki tartib qoidalari va intizom qoidalari modernizatsiya qilinadi. O‘zgartirishlar 2025 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
Nashrning yozishicha, modernizatsiya Xitoy qurolli kuchlarini «har jihatdan jahon darajasidagi armiyaga» aylantirishga qaratilgan. XOA umumiy jangovar tayyorgarlikni yaxshilash va intizomni saqlash uchun innovatsiyalarni joriy qiladi. Qasamyod qabul qilish va xizmatni o‘tash standartlari, xususan, harbiylarni joylashtirish va ta’til berish tizimi optimallashtiriladi. Harbiy intizomni buzganlik uchun jazo choralari, ariza va shikoyat berish tartibi ham o‘zgartiriladi.
Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (XOA) dunyodagi eng qudratli armiyalardan biri bo‘lib, bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Qshchshma Shtatlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Uning kuchining asosiy jihatlari: 2 million harbiy xizmatchi, harbiy budjeti 230 mlrd dollar, 500 ta yadro kallaklari, 6 mingta tank, 350 ta kema, 3 ta aviatashuvchi, 3,5 mingga yaqin samolyot, sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollar.
XOA - faol modernizatsiya qilinadigan kuchli, yuqori texnologiyali armiya. Uzoq muddatli istiqbolda Xitoy harbiy sohada, ayniqsa dengiz, havo kuchlari va strategik qurollarda AQSh bilan tenglikka intiladi.
Mavzuga oid
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi
08:03 / 16.05.2026