Isroil 600 dan ortiq falastinlik mahbuslarning ozod etilishini bekor qildi
Binyamin Netanyahu HAMASdan garovga olingan isroilliklar «tahqirlovchi marosimlarsiz» qo‘yib yuborilishini talab qilib, ungacha falastinlik mahbuslarni ozod etishni to‘xtatdi.

Foto: Reuters
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 23 fevral kuni HAMAS guruhi garovdagi isroilliklardan «tahqirlovchi marosimlar»da foydalanayotgani uchun 602 nafar falastinlikning ozod etilishi to‘xtatilganini e’lon qildi, deb yozadi The Times of Israel.
«HAMAS tomonidan kelishuvning bir necha bor buzilishi, jumladan, garovdagi fuqarolarimizning qadr-qimmatini kamsituvchi marosimlar va ulardan propaganda maqsadlarida foydalanilayotgani uchun 22 fevral kuniga rejalashtirilgan mahbuslarning ozod etilishi kechiktirildi», — deydi Isroil bosh vaziri.
Netanyahu bu kabi bayonot bilan 600 nafardan ortiq falastinlik Oferdagi qamoqxonani tark etish uchun avtobuslarga o‘tirganidan keyin chiqish qildi. Keyinroq ularga ozod etilish jarayoni noma’lum muddatga kechiktirilgani aytilgan.
Falastin milliy ma’muriyati vakillari mahbuslar ozod etilishi kechiktirilganini tasdiqladi. HAMAS Isroilni o‘t ochishni to‘xtatish bitimini buzishda aybladi.
HAMAS 22 fevral kuni besh nafar isroillikni G‘azo sektoridagi marosim davomida ozod etdi. Isroil fuqarolari harbiy bo‘lmasa-da, ularga armiya formasi kiydirilgandi. Shuningdek, shanba kuni ozod etilganlar qurollangan HAMAS a’zolari tomonidan olomon oldida kuzatib borilgan — bu kartina BMT va Qizil Xoch tomonidan shafqatsiz deb tanqid qilindi.
HAMAS Isroil bilan tinchlik kelishuvining birinchi bosqichi doirasida garovga olingan 33 nafar isroillikning barchasini ozod etdi. Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi yanvar oyidan beri amal qiladi. Kelishuvning birinchi bosqichida Isroil 1900 nafardan ortiq falastinlik mahbuslarni qamoqxonadan ozod qilish majburiyatini olgan edi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

07:48
«Bu hali yakuniy qaror emas» – Tashqi ishlar vazirligi BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi

19:13 / 31.03.2025
Netanyahu «ShABAK» maxsus xizmatiga yangi rahbar tayinladi

16:35 / 31.03.2025
BAA sudi rohib qotilligida gumon qilingan o‘zbekistonliklarni o‘limga hukm qildi – OAV

15:23 / 30.03.2025