Reuters agentligi va Sky News telekanali amerikalik manbaga tayanib xabar berişiça, tomonlar 19 iyun kuni öt oçişni töxtatişga rozilik bildirgan. Keyinçalik bu ma’lumotni yuqori lavozimli isroillik amaldor hamda “Hizbulloh”ga yaqin ikki manba tasdiqlagan.

Manbalarga köra, kelişuv mahalliy vaqt bilan kunning ikkinçi yarmida kuçga kirgan. Isroil rasmiysi “agar ʼHizbullohʼ hujum qilmasa, biz ham harbiy harakatlarni davom ettirmaymiz”, deb ma’lum qilgan. Şu bilan birga, Isroil mudofaa armiyasi (TSAHAL) Livanning janubiy hududlarida qolişi ta’kidlangan.

Biroq sulh boşlangan dastlabki soatlarda ham vaziyat töliq barqarorlaşmagan. Livan xavfsizlik idoralaridagi ikki manbaning bildirişiça, öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirganidan keyingi birinçi soat içida Isroil tomonidan öndan ortiq havo zarbalari amalga oşirilgan. Keyinçalik bunday holatlar qayd etilmagan.

Bayrut rasmiylari yana bir dron hujumi oqibatida mamlakat janubida mototsiklda ketayotgan ikki kişi halok bölganini ma’lum qildi. Ammo Isroil tomoni sulh kuçga kirganidan keyin zarbalar berilganini rad etdi va kelişuv buzilmaganini bildirdi.

Avvalroq Reuters agentligi Livan parlamentidagi “Hizbulloh” vakili Hasan Fadlallaga tayanib, Eron harakat rahbariyatiga AQŞ bilan muzokaralarni davom ettiriş uçun barça frontlarda, jumladan Livanda ham öt oçiş töliq töxtatilişi şartligini ma’lum qilganini xabar qilgan edi.

Amerikalik yuqori lavozimli manbaning aytişiça, aynan şu şart asosida AQŞ, Qatar, Eron va boşqa vositaçilar iştirokidagi muzokaralar orqali Isroil va “Hizbulloh” kelişuvga erişgan.

Kuzatuvçilar fikriça, mazkur sulh Vaşington va Tehron örtasidagi muzokaralar taqdiri uçun ham muhim ahamiyatga ega. Çunki 17 iyun kuni AQŞ va Eron örtasida masofaviy tarzda imzolangan anglaşuv memorandumida barça frontlarda zudlik bilan öt oçişni töxtatiş asosiy şartlardan biri sifatida belgilangan.

Hujjatga muvofiq, tomonlar 60 kun davomida yakuniy tinçlik kelişuvini işlab çiqişi lozim. Biroq Livandagi janglar davom etgani sababli 19 iyun kuni Şveytsariyada ötkazilişi rejalaştirilgan AQŞ va Eron delegatsiyalari uçraşuvi keyinroqqa qoldirilgan.

Eronning Tasnim agentligi ma’lumotiga köra, Tehron muzokaralarning keyingi bosqiçiga ötişdan avval AQŞ memorandum şartlarini bajarayotganini amaliy jihatdan körişni istamoqda. Donald Tramp esa muzokaralar keçiktirilganidan söng Eronni tanqid qilib, keyingi 60 kunlik jarayon qanday keçişini Vaşington belgilaşini ta’kidlagan.