Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple AQShda ishlab chiqarish va texnologiyalarga 500 mlrd dollar investitsiya kiritadi
Investitsiya doirasida Amerika texnologik korporatsiyasi Hyuston yaqinida zavod quradi, shuningdek, 20 ming xodimni ishga yollaydi.
Apple texnologik korporatsiyasi AQSh iqtisodiyotiga kiritiladigan o‘z tarixidagi eng yirik investitsiyani e’lon qildi, deb yozadi Fox Business.
Qayd etilishicha, kompaniya yaqin to‘rt yil ichida ishlab chiqarish, sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga 500 milliard dollar yo‘naltiradi.
Apple bayonotiga ko‘ra, investitsiya dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Hyuston yaqinida sun’iy intellektga ega serverlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod qurilishi; Ilg‘or ishlab chiqarish fondiga ajratiladigan mablag‘larni ikki barobarga oshirish — 5 milliard dollardan 10 milliard dollargacha; Detroytda Apple ishlab chiqarish akademiyasini yaratish; tadqiqot va ixtirolar, chiplar, sun’iy intellekt va dasturiy ta’minot sohasi uchun 20 ming nafar yangi xodimni yollash.
Apple bosh direktori Tim Kukning ta’kidlashicha, kompaniya AQShning innovatsion potensialiga sarmoya kiritmoqda.
Avvalroq Apple ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng qimmat brendiga aylangani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Apple brendining qiymati bir yil ichida 11 foizga — 574,5 milliard dollargacha qimmatlashgan.
Shuningdek, Apple iPhone foydalanuvchilariga Starlink tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini taqdim etish uchun SpaceX kompaniyasi va T-Mobile operatori bilan yashirin hamkorlik olib borayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
18:02 / 08.05.2026
Apple golografik displeyli iPhone ishlab chiqmoqda
09:26 / 21.04.2026