Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerni uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi
“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 maydan “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o‘rnatiladi:
▪️yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolarida qatnashish, ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQSni to‘lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;
▪️ yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko‘rsatiladi;
▪️ auksion savdolarida yer uchastkasini ko‘p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
2025 yil 1 martdan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko‘pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
Mavzuga oid
11:36 / 23.06.2026
4-5 qavatli uylar ham renovatsiyaga tushishi mumkin – Adliya vazirligi vakili bilan suhbat
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
11:00 / 17.06.2026
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga oid qonunchilik yangilandi
20:06 / 15.06.2026