Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvan suvosti kabeliga shikast yetkazgani gumonlanayotgan Xitoy kemasini hibsga oldi
Sohil xavfsizlik xizmati kabelning ataylab shikastlangani aniq emasligini, biroq «bu Xitoy bosimi oqibatining ehtimoli ekanini inkor etib bo‘lmasligini» ma’lum qildi.
Foto: Financial Times
Tayvan qirg‘oq qo‘riqlash xizmati 25 fevral kuni ertalab Xitoyga tegishli yuk kemasini orolning g‘arbiy sohilida suvosti aloqa kabeliga shikast yetkazganlikda gumonlab hibsga oldi, deb yozdi Financial Times.
Bu Tayvan hukumati Xitoyning «maxfiy floti»ga qarshi kampaniya boshlaganidan beri birinchi shunday hodisadir. Sohil xavfsizlik xizmati kabelning ataylab shikastlangani aniq emasligini, biroq «bu Xitoy bosimi oqibatining ehtimoli ekanini inkor etib bo‘lmasligini» ma’lum qildi.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, hisbga olingan «Hong Tai 168» kemasi Togo bayrog‘i ostida suzib yurgan. Qo‘lga olingan paytda Taynan shahri yaqinida, Penghu arxipelagini Tayvan materikiga bog‘laydigan kabeldan bir kilometr shimolda bo‘lgan. Kema hududni tark etishi buyurilgan ketma-ket yettita radio xabariga javob bermagan. Shundan so‘ng, qirg‘oq qo‘riqchilari kema yuborgan va «Hong Tai 168» langar tashlaganini aniqlagan.
Bu so‘nggi oylarda Xitoy yoki Rossiya yuk kemalari, jumladan Boltiq dengizida ishtirok etgani taxmin qilinayotgan suvosti kabelining shikastlanishi bilan bog‘liq eng so‘nggi hodisadir. O‘tgan yilning noyabr oyida Xitoyning yuk tashuvchi kemasi Boltiq dengizidagi ikkita internet kabelini shikastlangan vaqtda ustidan suzib o‘tgan. Oktabr oyida esa Honkongda ro‘yxatdan o‘tgan konteyner kemasi o‘sha hududdagi shikastlangan gaz quvuri va kabeli yonida topilgan edi. Yanvar oyi boshida Xitoyga tegishli yana bir kema Tayvanning shimoliy qirg‘og‘i yaqinida bu hududda qayta-qayta paydo bo‘lganidan keyin Trans-Tinch okeani kabeliga zarar yetkazganlikda gumon qilingan edi.
Mavzuga oid
08:00
Xitoyning 2025 yilgi savdo xaritasi: AQSh yetakchi, Osiyo tezlashmoqda
17:11 / 18.02.2026
Alipay'da qanday ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish mumkin?
09:40 / 18.02.2026
YeIda Shein riteyleriga nisbatan tergov boshlandi
20:01 / 17.02.2026