Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Bashar Asad davrida mingdan ortiq suriyalik harbiy aerodrom hududida o‘ldirilgan
Asad hukumati Mezzeh harbiy aerodromidan mahbuslarni saqlashda foydalanib kelgan. 2011 yildan 2017 yilga qadar u yerda kamida 29 ming kishi saqlangan.

Foto: Getty images
Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad hukmronligi davrida qatllar, qiynoqlar va shafqatsiz munosabatlar oqibatida Damashq yaqinidagi Mezzeh harbiy aerodromida mingdan ortiq fuqaro halok bo‘lgan. Bu haqda AQShda joylashgan inson huquqlari tashkiloti Suriya adolat va javobgarlik markazi (SJAC) hisobotiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, SJAC xodimlari sobiq prezident Bashar Asad hokimiyat tepasida bo‘lgan yillarda sudsiz qatl etilgan fuqarolar dafn qilingan yettita joyni aniqlagan.
Hisobotga ko‘ra, Bashar Asad hukumati Mezzeh harbiy aerodromidan mahbuslarni saqlashda foydalanib kelgan. 2011 yildan 2017 yilga qadar u yerda kamida 29 ming kishi saqlangan.
Hisobotda guvohlarning ko‘rsatmalari va sun’iy yo‘ldosh suratlarini tahlil qilish natijasida olingan hujjatlardagi ma’lumotlar keltirilgan. Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, ular Harbiy-havo kuchlari razvedkasining 2011-2017 yillar davomida halok bo‘lgan 1154 nafar mahbusga oid ma’lumotlarini tahlil qilgan. Bundan tashqari, tadqiqotchilar guruhi omon qolgan 156 kishi hamda rejimga qarshi bo‘lganlarni kuzatish va ta’qib qilish bilan shug‘ullangan Suriya xavfsizlik xizmatining sobiq sakkiz nafar xodimi bilan gaplashgan. SJAC’ka ko‘ra, tadqiqotda ishtirok etgan omon qolganlarning barchasi hibsdalik davrida qiynoqqa solingan.
Reuters jurnalistlari ommaviy qabrlar mavjudligini mustaqil ravishda tasdiqlay olmagan, ammo SJAC taqdim etgan sun’iy yo‘ldosh suratlarida tasvirlangan yer maydonlaridagi o‘zgarishlarni ko‘rgan. Ikkita joyda — Mezzeh aeroporti va Najah qabristonida yuqorida keltirilgan davrda qazilgan uzun xandaqlar izlari yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Tavsiya etamiz
Transafg‘on temiryo‘li – amalga oshirish imkonli ishmi?
Iqtisodiyot | 12:11 / 18.08.2025
Alyaskadagi besamar uchrashuv, Turkiya Suriyaga qurol beradi – hafta dayjesti
Jahon | 20:52 / 17.08.2025
O‘zbekistonda Starlink interneti 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda
Fan-texnika | 20:07 / 17.08.2025
Putinning talablari va takliflari haqida hozirgacha nimalar ma’lum?
Jahon | 16:00 / 17.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Baxmal mavsumida Antaliya: maxsus narxlar 25 avgustgacha
Jamiyat | 19:00 / 20.08.2025
-
Ichida sichqonlar va pashshalar bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
Fan-texnika | 02:01
-
Isroil armiyasi G‘azoni bosib olish operatsiyasini boshladi
Jahon | 01:06
-
Afg‘onistonda avtobus YTHga uchrashi oqibatida 79 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 00:37
Mavzuga oid

00:33 / 15.08.2025
Turkiya Suriyaga qurol-yarog‘ yetkazib beradi

21:20 / 06.08.2025
Andijonda mahbuslarni vaqtincha saqlash hibsxonasi rahbari ishdan bo‘shatildi

21:14 / 03.08.2025
Turkiyadan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi

13:12 / 28.07.2025