Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Ukrainaga 2,7 mlrd dollar kredit ajratadi. U Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan qoplanadi
Zelenskiy Britaniya bosh vaziri Kir Starmerga minnatdorchilik bildirib, mablag‘lar Ukrainada qurol ishlab chiqarishga yo‘naltirilishini ta’kidlagan.
Buyuk Britaniya va Ukraina mamlakat mudofaa qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,26 million funt sterlinglik (2,74 million dollar) kredit bitimini imzoladi. Bu haqda Ukraina Moliya vazirligi xabar berdi.
Moliyalashtirish 30 yilga taqdim etiladi. Kredit Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan keluvchi daromadlar hisobiga qoplanadi. Buyuk Britaniya hukumati saytida ma’lum qilinishicha, birinchi transh Ukrainaga kelasi hafta oxirida kelib tushishi kerak. Yil davomida uchta transh amalga oshiriladi.
Bitim Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasida 1 mart kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin imzolangan. Zelenskiy Starmerga minnatdorchilik bildirib, mablag‘lar Ukrainada qurol ishlab chiqarishga yo‘naltirilishini ta’kidlagan. «Aynan shu adolatdan: urushni kim boshlagan bo‘lsa, o‘sha to‘lashi kerak», — deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.
G7 davlatlari Rossiya Markaziy bankining G‘arbda muzatilgan mablag‘larini foydalanishdan keladigan daromaddan Ukrainaga 50 milliard dollar kredit ajratishga kelishib olgan. Rossiyaning muzatilgan mablag‘larining aksariyati (umumiy summa 260 milliard yevrodan oshadi) Belgiyaning Euroclear depozitariylarida saqlanadi. G‘arb davlatlari ushbu mablag‘lardan foydalanish masalasini bir necha bor muhokama qilgan, ammo yakunda yuridik jihatdan aktivlarning o‘zini musodara qilish mumkin emas, degan xulosaga kelgan.
Starmer va Zelenskiyning uchrashuvi Oq uyda AQSh va Ukraina o‘rtasida nodir metallarni qazib olish to‘g‘risidagi bitimni imzolash muzokaralari barbod bo‘lganidan keyin bo‘lib o‘tdi. 28 fevral kuni Oval kabinetda o‘tkazilgan tadbirda Zelenskiy va AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens o‘rtasida tortishuv sodir bo‘ldi, shundan keyin Ukraina prezidenti Oq uyni muddatidan oldin tark etdi, bitimning imzolanishi bekor qilindi.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
23:05 / 25.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
21:12 / 25.06.2026