Assalomu alaykum. Bugun 2 mart, yakşanba. Biz oxirgi yillarda ayniqsa intizor kutadigan bahor nihoyat kirib keldi. Sinoptiklarimiz bahor avvali biroz sovuq kelişini taxmin qilişdi. Şunday bölsa-da, tez orada kunlar isiydi. Siz-u bizning sodiq döstimiz Quyoş jonimizga ora kiradi.

Kattalar bahorga yetkazganiga şukur, deb xursand bölişlaridan hayron qolardik. Özimiz ham ulğaygaç bejizga emasligini tuşundik. Barçangizni bahor bilan tabriklayman. Bu eng ajoyib fasl, köklamdan zavqlaning, ekin-tekinga, köçat ekişga kirişing. Daraxtkesar zöravonlar köpaygan hozirgi zamonda daraxt ekişga ayniqsa mas’uliyat bilan yondaşing.

Darvoqe, bahor bilan birga Ramazon ham kirib keldi. Qanday ajoyib uyğunlik. Kökdan insonga ikki ajoyib sovğa tuşdi. Qişdan omon çiqqani uçun – köklam, had-hisobi yöq gunohlarini yuviş uçun esa – imkon, ya’ni Ramazon. Bu oyda inson barça gunohlar asosi bölmiş nafsi bilan olişadi. Tarix nafsini jilovlaganlar aziz bölişini köp marta isbotlagan. Barçamizga qaysi joyda işlaşimizdan qat’i nazar, nafsimiz bilan jangda ğolib böliş nasib etsin. Asosiysi eng oxirida yuzimiz yoruğ bölsin.

Biz doimgidek hafta davomida dunyoda sodir bölgan eng muhim voqealarni yodga olamiz. Iltimos, YouTube-kanalimizda yuklangan videoga like bosing, izohlarda fikringizni qoldiring. Şu tariqa videomizni imkon qadar köproq odam körişiga yordam bergan bölasiz.

Trampga «sakragan» Zelenskiy

Demak, eng muhimidan boşlaymiz. 28 fevral kuni Oq uyda tarixda kuzatilmagan voqea sodir böldi. Ukraina prezidenti Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan janjallaşib qoldi. Hali AQŞ prezidentlariga heç kim ularning iş kabinetida bunday e’tiroz bildirmagan, ular bilan dahanaki jangga kirişmagandi. Zelenskiy bu borada öziga xos inqilob qildi deyiş mumkin.

Köpçilik janjal nimadan boşlanganini tuşunmay qolibdi, avval şu haqda. Boşida Tramp va Zelenskiy tuppa-tuzuk gaplaşib turgandi. Hatto Amerika prezidenti Zelenskiy kiygan kiyimini maqtaşga ham ulgurdi. Biroq jurnalistlar oldida keçgan oçiq uçraşuvning oxirida suhbatga Jyey Di Vens aralaşdi. Vitse-prezident uruşni diplomatiya bilan tugatiş kerak dedi. Bu esa Zelenskiyning jahlini çiqardi va Vensga e’tiroz bildirdi.

Oddiy tortişuv jiddiylaşib, janjalga aylanib ketdi. Zelenskiy Trampga siz biz his qilgan narsani his qilmayapsiz, dedi. Tramp esa biz nimani his qilayotganimiz bilan işing bölmasin, deb e’tiroz bildirdi. AQŞ prezidenti Ukraina uruşda heç qaçon yutolmasligini iddao qildi.