Boğdorçilik va mirişkorlikda nom taratgan Farğona viloyati Özbekiston tumanining Öqçi qişloği qulupnay va gilosi bilan ança maşhur. Dehqonlar ayni paytda dalani begona ötlardan tozalaş bilan band. Aytişlariça, bu yil havo salqin kelganidan qulupnayning pişib yetilişi biroz keçikkan.

Asli kasbi öqituvçi bölgan Gavharoy Mamadaliyeva darsdan keyin dala işlarida turmuş örtoğiga yordam beradi.

“Har yili qulupnay ekamiz, oilaviy daromadimiz asosan dehqonçilikdan. Ötgan yili havolar yaxşi kelib, qulpunayni şu kunlardan uzib sotgan edik. Bu yil endi 15 kun havo salqin kelgani uçun pişişi orqaga surildi. Havo yaxşi bölib tursa, 10-15 kunda pişadi-da. Qulpunaylar navini doim yangilab turamiz.

Qulupnay yetiştirişning mehnati öziga yaraşa, lekin qölingiz pul körgandan keyin barça çarçoqlaringiz çiqib ketadi. Asalariçilik bilan ham şuğullanamiz. Ötgan yili ikkita oila edi, bu yil endi uçta böldi. Oilaga çiqadi, özimizga yetadi bemalol. Tovuğimiz bor 10 taça, u ham rözğorga har kuni törtta, oltita tuxum beradi.

Çopiq qilyapmiz, toşini terib taşlaymiz, çunki bu yerlar daşt bölgani uçun toşlaridan tozalab, yerni madaniylaştirib boraveramiz. Ingliz tili öqituvçisiman, darsdan keyin oilaga qaraşib yuboraman.

Qişloq maza-da, miya dam oladi, çarçaganingizda toza havoda dam oliş maroqli”, – deydi Gavharoy Mamadaliyeva.

Xuşnud Qurbonovning issiqxonasidagi qulupnaylar esa pişibdi.

“Issiqxonada birinçi marta qulupnay edik. Avvallari faqat yerga ekardik. Hosil beryapti, daromadi ham şunga yaraşa yaxşi.

Havo issiq bölsa, har kuni tersa böladi. Şu kunlarda ikki kunda bir teryapman, 6,7 kg holatga qarab çiqyapti. Mehnati pomidor, bodringga qaraganda ança kam. Içida kam yuriladi. Hozir 40 ming sömdan 70 000 sömgaça sotyapmiz”, – deydi yoş dehqon.