Keniyada hukumatning ikki sobiq amaldori mamlakat prezidenti Uilyam Rutoni rossiyalik oligarxning pullarini 2022 yil dekabrda işga tuşirilgan daraxt ekiş dasturi orqali yuvganlikda ayblamoqda. Uşbu dastur Parij bitimi doirasida iqlim özgarişiga qarşi kuraş böyiça Keniya zimmasiga olgan majburiyat bölib, 2032 yilgaça 15 milliard daraxt ekişni nazarda tutadi. Ammo dastur öz vaqtida bajarilmayapti.
Keniyaning sobiq vitse-prezidenti Rigati Gaçagua daraxt ekiş taşabbusini rossiyalik oligarxlar iştirokidagi «pul yuviş sxemasi» deb atadi. U sobiq jamoat xizmatlari vaziri va sobiq boş prokuror Jastin Muturi tomonidan ilgari surilgan ayblovlarni qöllab-quvvatladi. Muturining aytişiça, prezident uni 3 milliard daraxt ekiş dasturi böyiça rossiyalik investorlar bilan 1 milliard dollarlik şartnomani imzolaşga majbur qilmoqçi bölgan. Keniya prezidenti uşbu kelişuvni davlat ğaznaçiligini çetlab ötgan holda amalga oşirişni söragan. U prezident Rutoni «mutlaqo va tuzalmaydigan darajada korrupsiyalaşgan» deya tanqid qilib, uni lavozimga noloyiq deb atagan. Keniyadagilar mablağlarning bir qismi rossiyalik oligarxga qaytarilişidan xavotirda.
Muturining sözlariga köra, u birinçi marta 2023 yil dekabrda Dubayda bölib ötgan COP28 iqlim sammitida bosimga uçragan. Öşanda uni aeroportning özida, hujjatlarni körib çiqmasdan, şartnomani imzolaşga undaşgan. Muturi tegişli tartib buzilişi bahonasida bunga rozi bölmagan.
Mazkur şartnomaning ehtimoliy iştirokçilardan biri «Uralxim» kompaniyasining egasi Dmitriy Mazepin bölgan bölişi mumkin. Keniyalik jurnalist Mvangi Mainaning ta’kidlaşiça, u Mazepin samolyotini kutib olgan rasmiy protokol xodimlarining iştirokini qayd etgan va bu taşrifni daraxt ekiş dasturi bilan boğlagan.
Mazepinga tegişli bölgan «Uralkaliy» uzoq yillardan buyon Keniyaga öğit yetkazib kelmoqda. 2022 yilda sanksiyalarga uçraganidan söng «Uralxim»ning 262 ming tonna öğiti Yevropa Ittifoqida qolib ketgan edi. 2023 yil aprel oyida ularning bir qismi Jahon oziq-ovqat dasturi orqali Keniyaga beğaraz tarzda yetkazilgan.
2024 yil iyun oyida Ruto ma’muriyati daraxt ekiş dasturiga yönaltirilgan investitsiyalarni pul yuvişga qarşi tekşiruvlardan ozod qilgan. Keniyaning özida ortiqça mablağlar yöq, biroq mamlakat uglerod kreditlari orqali tölovlarni amalga oşirişi mumkin — prezident Ruto bu kreditlarni «Afrikaning oltin koni» deb atagan va ularni asosiy daromad manbalaridan biri sifatida taqdim etgan. Bunday kreditlar korxonalarga me’yoridan oşiq çiqindilar uçun davlatga jarima tölamaslik imkonini beradi.

















