Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi
Vazirlik hukumat bilan kelishgan holda, havo haroratidan kelib chiqib, bazaviy me’yorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatini o‘zgartirishi mumkin.

Energetika vazirligiga hukumat bilan kelishgan holda, havo haroratidan kelib chiqib, bazaviy me’yorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga o‘zgartirish kiritish vakolati berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori (.pdf) qabul qilindi.
Qayd etilishcha, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ bazaviy me’yorlarning amal qilish muddatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida o‘zining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boradi.
2024 yil 1 maydan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda ijtimoiy (bazaviy) me’yorlar kiritilgan edi.
Jumladan,
- elektr energiyasi – oyiga 200 kWh'gacha;
- tabiiy gaz (mart–oktyabr oylarida) – oyiga 100 kub metrgacha;
- tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kub metrgacha.
Geografik va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitish mavsumi respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda oktyabr–fevral oylari deb belgilangan. Ijtimoiy me’yor doirasida aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.
2025 yil 1 mart kuni tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan 500 kub metrlik bazaviy me’yor Energetika vazirligi tomonidan 1 aprelga qadar uzaytirildi. Bunga havo haroratining me’yordan past bo‘lishi bilan izoh berildi. Oldin bunday vakolat faqat Vazirlar Mahkamasida bor edi.
Mavzuga oid

18:46 / 17.06.2025
Rossiya Tojikistonning elektr energiyasidan 297 million dollar qarzini kechadi

16:12 / 12.06.2025
Energetika sohasida davlatga yetkazilgan zarar 471 mlrd so‘mdan oshdi

17:39 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi

16:33 / 06.06.2025