Prezident bahorda tomorqa va ijara yerlarda to‘liq ekin ekish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
Shavkat Mirziyoyev 4 mart kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash, investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobot bilan tanishdi.

Qayd qilinishicha, «mahalla bankirlari» tayinlanishi natijasida yanvar oyida 239 ming, fevral oyida 480 ming aholi daromadli mehnatga jalb qilindi. Yil boshidan kichik va o‘rta biznesga jami 14 trillion so‘m kredit yo‘naltirildi. Jumladan, tadbirkorlik dasturlari doirasida 2 trillion so‘m ajratildi.
Odamlarga daromad topish imkoniyatlari, tayyor biznes loyihalari tanishtirilib, ularni amalga oshirish yo‘llari o‘rgatilmoqda. Ishli bo‘lganlar Soliq qo‘mitasida tasdiqlanmoqda. Mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi tahlil qilib borilmoqda. Yig‘ilishda ushbu tahlillar haqida axborot berildi.
Ta’kidlanishicha, aholi bandligini ta’minlashda Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida hamda O‘zmilliybank, Asakabank, Mikrokreditbank va Biznesni rivojlantirish banki loyihalarida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.
Lekin Sirdaryo viloyati, 24 ta tuman va shaharda natijalar yuqori emas. Shu bois vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 30 nafar rahbarga nisbatan choralar ko‘rilgan.
To‘plangan tajribadan kelib chiqib, kelgusi oylarda natijadorlikni oshirish, ishsizlarni kasbga va foydali mehnatga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi. Hozirgi bahor mavsumida tomorqa va ijara yerlarda to‘liq ekin ekish, buni online-mahalla.uz platformasi orqali kuzatib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
O‘tgan ikki oyda investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari ham ijobiy bo‘lgan. Yil boshidan beri 6 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya va kredit o‘zlashtirilgan. Qiymati 574 million dollarlik 1 ming 100 ta o‘rta va kichik loyiha bajarilib, 17 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.
2,8 milliard dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilindi. Ayniqsa, zargarlik mahsulotlari eksporti o‘tgan yilga nisbatan 7 barobar, kimyoda 1,7 marta, elektrotexnika va oziq-ovqatda 1,2 barobar, turizm xizmatlari 1,6 barobar o‘sgan.
132 ta korxonada xalqaro standartlar joriy qilingan. 521 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqib, birgina fevral oyida qo‘shimcha 183 million dollarlik eksport qilgan.
Yig‘ilishda ayrim tarmoq va hududlarda investitsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgani qayd etilib, buning sabablari va yechimlari muhokama qilindi.
Mutasaddilar birinchi chorak yakuni bilan 8 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyani o‘zlashtirish rejalari, qo‘shimcha eksport imkoniyatlari yuzasidan axborot berdi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ohangarondagi suv taqchilligi: fermerlar kanaldagi qo‘shimcha quloqlardan norozi
Jamiyat | 21:14
-
Afsonaviy Alanyaga borish endi oson: Toshkent–Alanya yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat | 20:42
-
Zelenskiy Ukrainaning Ottava konvensiyasidan chiqishni ma’qulladi
Jahon | 20:09
-
Britaniyada salkam 100 mln funtlik kokain partiyasi musodara qilindi
Jahon | 19:19
Mavzuga oid

15:22 / 27.06.2025
Toshkent viloyatining xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonalariga imtiyozlar beriladi

14:03 / 25.06.2025
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish rag‘batlantiriladi

14:39 / 24.06.2025
Yaqin Sharqdagi vaziyat munosabati bilan eksportchilarga favqulodda yordam mexanizmi joriy qilindi

12:40 / 23.06.2025