Amudaryo havzasida mavjud yerusti suvlarining umumiy qisqarishi Qo‘shtepa kanali va iqlim o‘zgarishi hisobiga 2028 yilda 18,9 foizgacha, 2030 yilda 29,4 foizgacha yetishi mumkin. Suv tanqisligi mintaqa uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari kun tartibidagi eng o‘tkir va dolzarb mavzulardan biri – suv tanqisligi. Aholining tabiiy o‘sishi va suv iste’moli ko‘payishi, iqlim o‘zgarishi natijasida anomal issiq ob-havo yangi me’yorga aylanib borayotgani, qorli kunlar sonining qisqarishi, shuningdek, suv resurslaridan irratsional foydalanish bu muammoni chuqurlashtiryapti.

Yuqoridagi sabablarning ehtimoliy oqibatlarini yumshatish uchun imkon qadar kurashilyapti. Ammo oxirgi yillarda yana bir jiddiy muammo paydo bo‘ldi – Qo‘shtepa kanali.

“Tolibon” hukumati 2022 yil mart oyidan boshlab Balx viloyatida o‘nlab yillar davomida “uxlab yotgan” orzusi – ulkan kanal qurishni boshladi. Uzunligi 285 km, eni 100 metr, chuqurligi 8,5 metr bo‘lishi ko‘zda tutilgan bu irrigatsiya loyihasining qiymati qariyb 700 mln dollarni tashkil qilishi mumkin.

Kanalning qurilishi uch bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 2024 yilning oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilishning ikkinchi bosqichida 81 foiz ishlar yakunlangan. Kanalni to‘liq qurib bitkazish 2028 yilga rejalashtirilgan.

Eng nozik nuqtalar

Xalqaro ekspertlarning fikricha, endi qurilishni to‘xtatishning iloji yo‘q. Masalaning yanada xavotirli jihati shundaki, agar qurilishda zarur resurslar, masalan, sement me’yoridan kam ishlatilsa yoki ishlar noto‘g‘ri loyihalashtirilsa, suvning ehtimoliy yo‘qotilishi karrasiga oshadi. Yuz minglab kub metr suv yerga singib ketib, tuproq sho‘rlanadi. Shu jihatdan, zararni minimallashtirish uchun “Tolibon” hukumatini kanal qurish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga undash, zarur texnik talablar va majburiyatlar qo‘yish maqsadga muvofiq.

So‘nggi yillardagi Rossiya-Ukraina urushi, Yaqin Sharqdagi notinchliklar fonida global maydonda afg‘on muammosiga e’tibor susayib ketdi. Bu boradagi tashabbusni mintaqa davlatlari o‘z qo‘liga olishi lozim. Chunki “Tolibon”ning murakkab muhandislik ishlarini uddalay olishiga nisbatan savollar bor.

Bundan tashqari, Amudaryo suvidan foydalanish va uni taqsimlash bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston o‘rtasida imzolangan umumiy kelishuv yo‘q. 1946 yilda Kobulda sovet ittifoqi va afg‘on hukumati o‘rtasida Amudaryo bo‘yicha muzokaralar