Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekistonda inflatsiyani kuzatib borish uchun har oyda 170 turdagi oziq-ovqat, 250 turdagi nooziq-ovqat va 90 turdagi xizmatlar narxlari o‘rganib chiqiladi. Kun.uz muxbiri Eski jo‘va bozorida o‘tkazilgan navbatdagi narx kuzatuvlarida statistika xodimlariga hamrohlik qilib, jarayon qanday kechishini o‘rgandi.
Milliy statistika qo‘mitasi har oy mamlakatdagi inflatsiya darajasini hisoblash bo‘yicha bozorlar, supermarketlar va boshqa katta-kichik savdo tarmoqlarida narx kuzatuvlarni amalga oshiradi. Shunga asosan, har oyning so‘nggi kunida inflatsiya darajasi e’lon qilib boriladi.
Iste’mol narxlari indeksiga 170 turdagi oziq-ovqat, 250 turdagi nooziq-ovqat va 90 turdagi xizmatlar kiritilgan. Narxlar haqidagi ma’lumotlar oyning 10-20-sanalarida respublika bo‘ylab, odamlar ko‘p savdo qiladigan 4 mingdan ortiq obektlardan yig‘iladi. Bu jarayonda statistika xodimlari maxsus dasturga ega planshetlardan foydalanadi.
Bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganiladigan tovar va xizmatlar narxini xodim o‘sha joyga bormasdan turib dasturga kirita olmaydi, bunda planshetning geolokatsiyasi orqali xodim haqiqatan ham shu joyda turgani tasdiqlanadi.
Statistika xodimi narxlarni kuzatarkan, sotuvchilardan narx-navoni og‘zaki so‘rab, tizimga kiritib boradi. Ularning qayerga borayotgani, bir kunda qancha ish bajarganini Milliy statistika qo‘mitasi onlayn nazorat qiladi. 11 aprel kuni Kun.uz muxbiri shu jarayon bilan tanishish maqsadida qo‘mita vakillari bilan Toshkentdagi Eski jo‘va bozorida bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, u yoki bu mahsulot o‘tgan oyda bozordagi qaysi savdo rastasidagi nechanchi sotuv joyida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu gal ham xuddi shu joydagi narxlar surishtiriladi.
“Savdo nuqtalarini tanlab olishda xaridori ko‘pligiga qaraymiz. Mutaxassislarimiz kelib, shu joyda savdo gavjummi, kuzatadi”, – deydi Statqo‘m narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Umarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikadagi 206 ta tuman (shahar)dan aholi soni va savdo aylanmasi yuqori bo‘lgan 60 tasi narx kuzatuvlari uchun tanlab olingan. Har oyda 170 mingga yaqin narx qayd etib boriladi.
Narxlar kuzatiladigan obektlar soni kamaytirib borilmoqda, bu – ko‘plab tovar va xizmatlar narxini elektron tarzda olishga o‘tilayotgani bilan bog‘liq. Bu holatda narxlar, xususan, soliq organlari bilan integratsiya orqali olinadi. Yana bir qator narxlarni bevosita kompaniyalarning o‘zlari qo‘mitaga taqdim etib boradi.
Kun.uz muxbiri Chorsuga kelgan xaridorlardan aprel oyida qaysi mahsulotlar narxida o‘sish yoki tushish kuzatilgani haqida so‘radi. Respondentlarga ko‘ra, go‘sht, pomidor, yog‘ narxlari qimmatlagan, ko‘katlar, sabzavotlardan bodring arzonlagan.
Shahzod O‘roqboyev
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
-
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Jahon | 23:54 / 21.04.2025
Mavzuga oid

19:32 / 19.04.2025
Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 780 ming yo‘lovchi tashiyapti

14:48 / 14.04.2025
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshayotgani aytildi

17:05 / 08.04.2025
Chorsudagi beshik bozorida do‘konlardan biri yonib ketdi

12:24 / 06.04.2025