Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi
Energetika vazirligi 6 mart kuni soat 09:00 dan e’tiboran metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
Energetika vazirligi 6 martdan boshlab metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mart oyining dastlabki kunlarida O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib, tabiiy gaz iste’molining ortishi va gaz quvurlarida bosimning pasayishiga sabab bo‘lgan. Mazkur holatda birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashga ustuvorlik qaratilgan va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
«O‘tgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida quvurlarda gaz bosimi normallashtirildi. Bu esa metan zapravkalar ish faoliyatini tiklash imkonini yaratdi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 6 mart kuni soat 09:00 dan e’tiboran metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Bundan avvalroq, 9–12 fevral kunlari ham O‘zbekistonning barcha hududlarida metan shoxobchalarga gaz yetkazib berish vaqtincha qisqartirilgan edi. Bu haqda xabar bergan Energoinspeksiya qisqarishga «havo harorati keskin sovib ketishi»ni sabab qilib ko‘rsatgandi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi
Jahon | 01:32
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
Jahon | 00:41
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
-
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi
Jamiyat | 23:22 / 25.04.2025
Mavzuga oid

12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi

13:22 / 09.01.2025
Energetika vazirligida elektr quvvatlantirish stansiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

19:23 / 24.12.2024
Deputat Energetika vazirligi va Kadastr agentligiga "deputat so‘rovi" yubordi

23:39 / 12.12.2024