Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 2025 yilda migratsiya siyosatining yangilangan konsepsiyasini tezroq qabul qilishga chaqirdi
Hujjatda mehnat migrantlari uchun «moslashish kursi» va mamlakatda o‘zini tutish qoidalari to‘g‘risidagi eslatma ishlab chiqish va boshqa bandlar bor.
Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ichki ishlar vazirligi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida migratsiya siyosatining yangilangan konsepsiyasini «imkon qadar tezroq» qabul qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni joriy yilda qilish kerak, deb yozdi «Interfaks».
Konsepsiyaning yangilangan varianti migratsiya kartasining qog‘oz shaklidan voz kechishni o‘z ichiga olishi, shuningdek, vatandoshlarning Rossiyaga qaytishini qo‘llab-quvvatlash choralari ishlab chiqilishi kerak, deb hisoblaydi prezident.
Putin, shuningdek, rus an’anaviy qadriyatlariga ega bo‘lgan va Rossiyada yashash va ishlashni xohlaydigan chet elliklarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish kerakligini ta’kidladi, ayniqsa ular ma’lumotli bo‘lsa va «iqtisodiyotga kerak bo‘lsa».
Prezident Ichki ishlar vazirligi oldida migratsiya sohasida «jiddiy vazifalar» turganini ta’kidladi. «Noqonuniy migratsiya kanallarini to‘xtatish va migratsiyani nazorat qilishning zamonaviy vositalaridan faolroq foydalanish kerak», dedi u.
Hukumatning migratsiya siyosatini amalga oshirish rejasi 2023 yilda ishlab chiqilgan va joriy yilda yakunlanadi. Hujjat olti bo‘lim va 42 banddan iborat. Bandlar orasida mehnat migrantlari uchun «moslashish kursi» va mamlakatda o‘zini tutish qoidalari to‘g‘risidagi eslatma ishlab chiqish, oliy o‘quv yurtlari va kollejlarda chet ellik talabalar sonini ko‘paytirish, xorijliklarga beriladigan elektron vizalar turlari ro‘yxatini kengaytirish kabilar bor.
Mavzuga oid
23:08 / 05.02.2026
Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlarni qidirish uchun itlar va dronlar ishga solindi
22:35 / 05.02.2026
Rossiya elchixonasi O‘zbekistonni yangi migratsiya siyosati haqida xabardor qildi
21:03 / 05.02.2026
2025 yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi
12:26 / 05.02.2026