Jahon | 09:51 / 07.03.2025
4181
2 daqiqa o‘qiladi

Kellog: AQSh Rossiya bilan munosabatlarni qaytadan boshlamoqchi

Trampning Rossiya bilan munosabatlarni tiklash istagi uning «cheksiz proksi-urushda» ishtirok etishni istamasligi bilan izohlanadi», dedi Kit Kellog.

Foto: AP / Susan Walsh

Vashington Moskva bilan munosabatlarini tiklashi kerak, chunki Ukrainada davom etayotgan urush sharoitida yakkalanish siyosati endi samara bermayapti. Bu haqda 6 mart, payshanba kuni AQShning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Vashingtondagi Tashqi aloqalar kengashidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

Kellog Vashington va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash istagini AQSh milliy manfaatlarini himoya qilish va AQShning «cheksiz proksi-urush»ga tortilishining oldini olish istagi bilan izohladi.

«Demak, siz hozir ko‘rayotgan va guvoh bo‘layotgan narsa Tramp ma’muriyatining tinchlik kelishuviga erishish uchun ikkala tomonni stolga tortishga qaratilgan shoshilinch sa’y-harakatlaridir», dedi Kellog va Oq uy urushni tugatish uchun har ikki tomonga bosim o‘tkazishini qo‘shimcha qildi.

Rossiyaga nisbatan bunday bosimga misol sifatida Trampning maxsus vakili AQShning Rossiya Federatsiyasining «soyadagi floti»ga qarshi sanksiyalarini keltirdi. Tramp Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun qo‘llashi mumkin bo‘lgan boshqa strategiyalar orasida Ukrainani qayta tiklashga yordam berish uchun muzlatilgan Rossiya aktivlarini tortib olish va Rossiya energetikasiga maksimal bosim o‘tkazish bor, dedi Kellog.

Kellog: ukrainlar razvedka ma’lumotini almashish to‘xtatilganida o‘zini ayblashi kerak

CBS jurnalisti Margaret Brennanning Ukraina bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvini tugatish «Rossiya uchun katta imtiyoz» va ukrainalik harbiylarning jang maydonidagi imkoniyatlariga bevosita ta’sir qilishi mumkinligi haqidagi izohiga javob berar ekan, Kellog «buni ukrainaliklar o‘zlari keltirib chiqarganini» aytdi.

Mavzuga oid