Litva kassetali o‘q-dorilar bo‘yicha konvensiyadan rasman chiqdi
Xalqaro konvensiya kassetali o‘q-dorilarni sotib olish, ulardan foydalanish va ishlab chiqarishni taqiqlaydi. Litva «potensial tajovuzkorni tiyib turish uchun» undan chiqishga qaror qildi.

Foto: MOHAMMED ZAATARI/AP/picture alliance
Litva ushbu turdagi qurollarni ishlab chiqarish, foydalanish va topshirishni taqiqlovchi kassetali o‘q-dorilar to‘g‘risidagi konvensiyadan rasman chiqdi, deb xabar berdi Litva milliy radio va televideniyesi (LRT) 6 mart, payshanba kuni.
Xalqaro shartnomadan chiqish haqidagi qaror Litva parlamenti tomonidan 2024 yilning yozida qabul qilingan edi. Keyinchalik, Litva hukumati BMTga zarur hujjatlarni yubordi va shu bilan konvensiyadan chiqish tartibini boshladi.
Kassetali o‘q-dorilar to‘g‘risidagi konvensiya 2010 yilda kuchga kirgan, biroq qator davlatlar, jumladan, AQSh, Rossiya va Xitoy hali unga a’zo bo‘lmagan.
Kassetali o‘q-dorilar
Qurolli mojarolarda kassetali o‘q-dorilardan foydalanishga qarshi bo‘lganlar ularni nazorat qilish qiyinligi, bu esa tinch aholi uchun nomutanosib tahdidni kuchaytirishini ta’kidlaydi.
Litva hukumati bunday qurollardan foydalanishning ehtimoliy salbiy oqibatlarini minimallashtirishga va’da bermoqda. Xususan, har qanday harbiy harakatlardan so‘ng portlamagan o‘q-dorilarni imkon qadar tezroq aniqlash va yo‘q qilishni ta’minlaydigan algoritmni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

12:05
Litva NATO yadro qurolini o‘z hududida joylashtirishga tayyor

23:30 / 03.03.2025
Litva gurjistonlik 74 nafar amaldorni «qora ro‘yxat»ga kiritdi

12:55 / 01.03.2025
Litvada o‘zbekistonlik fuqaro ikki kishini pichoqlagani rad etildi

13:25 / 18.02.2025