Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 685 ming xorijlik nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritildi
Ular 30 aprelgacha ichki ishlar organlariga xabar berishi va «holatini qonuniylashtirishi» kerak.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiyada bo‘lish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan 685 ming xorijiy fuqaroni nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi rahbari Vladimir Kolokolsev ma’lum qildi.
«Ushbu reyestrning asosiy maqsadi Rossiyada noqonuniy bo‘lgan xorijiy fuqarolar, ya’ni mamlakatda qolish uchun qonuniy asoslarini yo‘qotgan shaxslar sonini cheklashdan iborat. Ushbu reyestrda 685 ming xorijlik bor», dedi vazir.
Kolokolsev so‘zlariga ko‘ra, reyestrga kiritilgan chet el fuqarolari 30 aprelgacha ichki ishlar organlariga xabar berishi va «holatini qonuniylashtirishi» kerak, shundan so‘ng ular bu ro‘yxatdan chiqariladi.
2024 yil mart oyida «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan teraktdan keyin Rossiya hukumati migratsiya siyosatini faol ravishda kuchaytira boshladi.
Jumladan, ular nikoh orqali Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olishning soddalashtirilgan tartibi cheklandi, deportatsiyaning yangi tartibi tasdiqlandi, rus tilini bilmaydigan migrantlarning farzandlarini maktablarga qabul qilish taqiqlandi.
2025 yil 5 fevraldan boshlab Rossiyada nazorat ostidagi shaxslar reyestri joriy qilindi. Rossiya hukumati unga mamlakatda noqonuniy bo‘lgan chet el fuqarolarini kiritishni rejalashtirmoqda. Reyestrga kiritilganlarning huquqlari tubdan cheklanadi.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026
Rossiya Ruminiyaga javob chorasi sifatida konsullikni yopmoqda
08:50 / 26.06.2026