Rossiyadan ko‘chmas mulk xarid qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshdi
RFda ko‘chmas mulk savdosi bo‘yicha norezidentlar tomonidan amalga oshirilgan xaridlarning 15 foizi O‘zbekiston fuqarolari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Izvestiya
Rossiyada 2024 yil sentabrdan beri ko‘chmas mulk bozorida norezidentlar ishtirokida oldi-sotdi shartnomalari soni oshmoqda — umumiy savdolarning 20 foizi chet elliklar hisobiga to‘g‘ri kelyapti, deb yozadi «Izvestiya».
Qayd etilishicha, uy-joylarning faol xaridorlari orasida O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Abxaziya fuqarolari bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jami bitimlarning 15 foizi O‘zbekiston fuqarolari, 21 foizi — Belarus, 18 foizi — Qozog‘iston, 10 foizi — Tojikiston, 10 foizi — Turkmaniston, 2 foizi esa Xitoy fuqarolari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, oxirgi olti oyda umumiy segmentatsiyada Ukraina fuqarolarining ulushi keskin oshgan. 2024 yil boshida jami bitimlarning 2 foizi ular hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda ushbu ko‘rsatkich 5 foizdan oshgan, norezidentlar orasida esa 19 foizga yetgan.
Xaridlarning 65 foizi 20 million rublgacha bo‘lgan xonadonlardir, 21 foizi — 20 milliondan 50 million rublgacha, 14 foizi esa 50 milliondan qimmat turadigan ko‘chmas mulklarga tegishli.
Ta’kidlanishicha, chet el fuqarolari asosan Moskva shahri (65 foiz), Moskva viloyati (15 foiz) va Sankt-Peterburgdan (10 foiz) ko‘chmas mulk xarid qilishga qiziqish bildirmoqda. Ko‘pincha norezidentlar naqd pul evaziga biznes yoki komfort-plyus toifali turar-joy majmuasidan xonadonlar sotib olyapti.
Ma’lum qilinishicha, xaridlarning 70 foizi investitsiyaviy xarakterga ega emas, balki yaqin 1-5 yil ichida yashash uchun mo‘ljallangan. Nisbatan qimmat xonadonlarni Xitoy, Qozog‘iston va Ukraina fuqarolari sotib olmoqda.
Avvalroq 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaning Seul shahridan 244 metr kvadrat kvartirani 7,4 mlrd vonga (taxminan 5 mln 94 ming dollar) xarid qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bu boy odamlar yashaydigan hashamatli turar joy kompleksidagi eng qimmat tranzaksiya sifatida qayd etilgan. Hisob-kitob to‘liq naqd pulda amalga oshirilgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

21:34 / 27.05.2025
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»

21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi

20:46 / 27.05.2025
Boltiq dengizida Rossiya flotining o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Unda 20 ta jangovar kema va 3 ming harbiy ishtirok etmoqda

20:37 / 27.05.2025