Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tegishli hujjatlari bo‘lmagan yarim mlrd so‘mlik dorini sotayotgan dorixona aniqlandi
Denov tumanida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini sotuvga qo‘ygan dorixona fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Denov tumanida faoliyat yurituvchi “E.O.” MChJga rahbari Sh.A. MChJ dorixonasida turli nomdagi sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 575,4 mln so‘mlik jami 198,2 ming dona, shundan 1396 dona psixotrop, 900 dona kuchli ta’sir qiluvchi hamda 3146 dona yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini savdoga qo‘ygani aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:30 / 24.04.2026