Yoşlarning bandligini ta’minlaş, internet tarmoqlari orqali berilayotgan turli salbiy, millat va qadriyatlarga yot ğoyalardan, jinoiy da’vatlardan asraş, himoya immunitetini şakllantiriş maqsadida mahallalar yoşlari bilan ikki yuzga yaqin, maktablarda esa voyaga yetmagan öquvçi yoşlar bilan mingdan ortiq “Davomat”, “Öquvçi”, “Ösmir” tadbirlari olib borildi.
Bu tadbirlar jarayonida uzoq muddatga ketib, dars qoldirayotgan 38 nafar, muntazam dars qoldirayotgan 60 nafar, ota-ona nazoratidan mahrum 16 nafar, boquvçisini yöqotgan 17 nafar, tarbiyasi oğir hisoblangan 57 nafar bolalar aniqlanib, tegişli idora va mutasaddilarga taqdimnomalar kiritilgan.
Maktab öquvçilarining muammolarini örganiş borasida 28 marotaba “Rahbar va yoşlar uçraşuvlari” taşkillaştirildi. Döstona va samimiy suhbatlarda öqiş jarayoni, öqituvçi va öquvçi, tengdoşlar-maktabdoşlar özaro munosabatlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan holatlar örganilib, tegişli maslahat va tavsiyalar berilgan.

Şuningdek, mahalla ahlining aksariyatini taşkil qiluvçi xotin-qizlarning muammolarini örganiş orqali 104 nafar ayollarning murojaatlari ijobiy hal qilinişiga erişildi. Reproduktiv salomatligini tiklaşga muhtoj bölgan 144 ayolga tibbiy muolajalar uçun imtiyozli yöllanmalar ajratildi. 368 nafar ijtimoiy kömakka muhtoj xotin-qizlarning röyxati şakllantirildi. 107 nafar işsizlar röyxatida turuvçi şaxslarning 72 nafariga iş joylari tavsiya qilinib, 33 nafari kasb-hunarga yönaltirildi.

20 nafar fuqarolar Taşqi migratsiya agentligi orqali xorij davlatlariga işga yuborilgan. Muqaddam sudlangan va ma’muriy nazoratda turuvçi 9 nafar fuqaro bilan tuşuntiriş, huquqiy suhbatlar ötkazilib, ulardan 5 nafarining bandligi ta’minlandi.
Mahallalar hududida sodir etilgan yigirmaga yaqin jinoyat va huquqbuzarliklar keng jamoatçilik iştirokida muhokama qilinib, jamoaviy ta’sir çoralari qöllanildi. Öğrilik jinoyatlari sodir etilgan “qizil” va “sariq” toifadagi köçalarda joylaşgan töqsonga yaqin savdo-maişiy xizmat körsatiş obektlari “Qöriqlaş” xizmatiga ulangan bölsa, bozorlar, savdo majmualari hududlarida öndan ortiq kuzatuv va nazorat kameralari örnatildi.

















