Davlat maktabida tijoriy ta’lim bölmasligi kerak – pulli sinflarning oqibatlari haqida suhbat
|21:37 / 28.06.20257 67711 min
Töliq soliq tölovçilarning puli hisobiga moliyalaştiriladigan davlat maktablarida pulli sinflar taşkil etilayotgani yangilik bölmay qoldi. Kun.uz bu amaliyotning yaxşi va yomon tomonlarini ekspertlar bilan tahlil qildi. Mutaxassislarga köra, davlat maktablarida sinflarning pulli qilinişi resurslarning noteng taqsimlanişiga sabab böladi, adolat prinsipini buzib, tabaqalaşuvni oşiradi, bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir körsatib, özaro konfliktlarni keltirib çiqaradi. Bepul maktab içidagi pulli sinflarning foyda va zararlari haqidagi suhbatni tomoşa qiling.
11 iyun kuni Kun.uzʼda Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanidagi 50-davlat maktabida pulli sinf oçilayotgani va bundan ayrim onalar noroziligi haqida material e’lon qilingandi.
Öşanda maktab direktori bunday sinf ötgan yili ham bölganini, bunda öquvçilarga 3 mahal ovqat berilib, keçgaça qöşimça maşğulotlar ötilişini, oylik tölovi 2,8 mln söm ekanini aytgandi. Ammo butun boşli sinfni tijoriy şaklda taşkil etiş qonunçilikda yöq.
Şunga qaramay, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi rasmiy munosabatida buni notöğri talqin qilingan deb baholadi. Va bular “aslida davlat umumta’lim maktablarida öquvçilarga öquv reja va davlat ta’lim standartlaridan taşqari qöşimça bilimlar beriş uçun taşkil etiladigan ta’lim xizmatidir” deya ma’lum qildi.
Bu haqiqatan ham pulli sinf emasmidi? Ayni vaziyatni vazirlik “notöğri talqin” deyişi qançalik töğri? Davlat maktablarida bu kabi sinflarning bölişi tabaqalanişni yuzaga keltiradimi? Kun.uz mavzuga oid muhim savollariga javob oliş uçun ta’lim masalalarida mutaxassis Şokir Tursun hamda iqtisodiy tahlilçi Uluğbek Tursunov bilan suhbatlaşdi. Quyida suhbatdan qisqa şarh keltiriladi.
Vazirlikning özi qonunçilikni notöğri talqin qilyapti
Şokir Tursunning aytişiça, MMTV umumiy örta ta’lim muassasalarida pulli ta’lim xizmatlarini körsatiş tartibi töğrisidagi qonunçilik hujjatini xato talqin qilgan.
“Ya’ni davlat maktabida pulli xizmat körsatiş mumkinmi? Ha, mumkin. Qonunçiligi bormi? Bor. Lekin uni belgilab qöygan normalari bor: uning öquv dasturi alohida tasdiqlanişi, tögarak körinişida bölişi, davlat ta’lim standartlaridan taşqaridagi xizmatlar bölişi nazarda tutilgan. U ota-onalarning kuzatuv kengaşi tasdiğidan ötişi kerak. Tasdiqdan ötgan bölişi kerakligi töğrisida bir qator normalari bor. Va u qonunçilikni öqib, tuşuniş mumkinki, [pulli xizmat] ta’limning bepul qismi öqib bölingandan keyingi soatlarga töğri kelişi kerak. Darsdan keyin. Misol uçun, birinçi sinf öquvçisining darsi 8:30 da boşlanib, 12:00 da tugasa, pulli xizmat körsatiş 12:00 dan keyin boşlanişi kerak”,
Mavzuga oid
– deydi mutaxassis.
Şuningdek, ekspert pulli deyilmayotgan sinfda qaysidir öquvçi bepul tahsil olişi mumkinmi deya savol ham taşlamoqda. “Agar bu savolga maktab direktorining javobi yöq bölsa, demak, bu pulli sinf. Qonunçilikda pulli sinf degan tuşunça yöq. Agar pulli sinf oçayotgan bölsa, maktab katta ehtimol qonunni buzayotgan böladi”, – deyapti Şokir Tursun.
Pulli sinf taşkil etiş samarali, ammo bu yerda bir neçta “agar”lar bor
Iqtisodiy tahlilçi Uluğbek Tursunov ayni masalaga töxtalişdan avval nima sabab davlat maktablarining mavjudligi va uning bepulligi haqida gapirib berdi. Uning aytişiça, “ta’lim şunday mahsulotki, u bevosita iştirok etmagan tomonlarga ham foyda keltiradi”.
“Misol uçun, men odobnoma darsida navbatda turişni örgansam, demak, bu özimning vaqtimni tejaydi va navbatda turganim uçun jamiyatga ham qöşimça foyda keltiradi. Biz buni iqtisodiyotda pozitiv eksternallik deymiz, ya’ni bevosita iştirok etgan tomonlardan taşqari bu yerda jamiyat uçun qöşimça manfaat paydo bölyapti.
Xuddi şunday jinoyat darajasini olişimiz mumkin: maktablar mavjud bölgani, maktab funksiyasini bajargani uçun jinoyat darajasi kam böladi. Bundan men özim foyda köraman, avvalambor, jazolanmayman yoki hayotda qiynalmayman, jinoyat darajasi kam bölgani uçun demak, jamiyat ham foyda köradi. Budjet tomonidan moliyalaştiriladigan davlat ta’limi mavjud bölişining asosiy sabablaridan biri mana şu – pozitiv eksternallikdir”, – deydi u.
Tursunovning fikriça, ota-onalar va boşqa soliq tölovçilarga yuklama bölmasa hamda maktab ta’limida resurslarning xato taqsimotiga sabab bölib adolat prinsipini buzmasa, pulli sinflar qilinişi yomon emas. Suhbat davomida mutaxassis tamoyillarni buzmaydigan bunday taşabbuslarning iqtisodiy samarasini baholaşga urindi.
“Misol uçun, aytaylik, öqituvçi yarim stavka tijoriy sinfda dars beradi, yarim stavka davlat sinfida dars beradi. Tasavvur qilaylik, hozirgi kunda davlat sinflarida dars berib, 5 million söm, xususiy sinflarda işlab esa 10 million söm olyapti. Natijada unda umumiy qoniqiş darajasi oşişi mumkin, balki undagi qandaydir kayfiyat, qandaydir moliyaviy qoniqiş davlat sinflariga ham ijobiy ta’sir qilişi mumkin. Va bu yerda, albatta, bir neçta “agar”lar bor. Ya’ni biz hozir iqtisodiy jihatdan mutlaqo nazariy tahlil qiliş uçun juda köp quvvatdor parametrlar bor, biz aniq bir modelda, aniq bir matematik tahlil qilişimiz juda qiyin”, – dedi ekspert.
Uning qöşimça qilişiça, agar aynan 50-maktab keysida öquvçilar uçun örin yetişmovçiligi mavjud bölsa, pulli sinfdan köra bepulini taşkil etiş ança samaraliroq hisoblanadi. Bunda, albatta, adolatli taqsimot masalasida ustuvor hisoblanadi.
Endi bepul ta’lim içida ham tabaqalaşuv yuzaga keladi
Şokir Tursun Uluğbek Tursunovga e’tiroz bildirmagan holda pulli sinflar bolalarning ta’lim oliş huquqidan mahrum qilmasligi lozimligini eslatdi.
Uning ta’kidlaşiça, bu ta’limning barça uçun teng şaroitlar yaratilişiga oid tamoyili buzilişiga, keyinroq esa sohada tabaqalaşuv ortib, bolalar psixologiyasiga ham salbiy ta’sir qilişiga sabab böladi.
“Pulli sinflar, pulli tögaraklar degan narsa keça yoki bugun paydo bölmagan, juda uzoq tarixga ega. Biz maktabda öqigan paytimizda ham [bor edi], mening onam 30 yillik pedagoglar, juda yaxşi bilaman vaziyat qanday. Sizning bitta agaringiz qanaqa işlaydi?
Misol uçun, agar maktabda pulli tögarak mavjud bölsa, ona tili öqituvçi bolani pulli tögarakka jalb qiliş uçun bepul sinfda darsini yaxşi ötmaydi. Ya’ni özining kuçini pulli sinfa köproq taqsimlaşga ötadi. Amalda şunday. Buni endi isbotlaş qiyin emas, empirik tadqiqot qilsangiz, bu ham isbotlanib kelib çiqadi.
Ya’ni hozir borib, bitta öqituvçi bepul va pulli sinfda dars ötiş jarayonini kuzatadigan bölsangiz, farq seziladi. Mana bu adolatning buzilişiga olib keladi va özi şundoq ham tabaqalaşayotgan ta’limni endi bepul ta’limning içida ham tabaqalaştiriş [yuzaga keladi]” , – dedi Tursun.
Suhbatdoş bolaning davlat va’da qilgan bepul ta’lim oliş huquqi Konstitutsiyada mustahkamlanganini, yuqoridagi holatlar esa buni çeklaşini aytmoqda.
“Bevosita bölmasa ham, bilvosita olib keladi. Bilvosita deganim, ya’ni maktab vaqt ötib resurslarini bölişni boşlaydi. Birinçi yil qilmasligi mumkin, ikkinçi yil ham. Lekin uçinçi yildan boşlab resurslar bölinişni boşlaydi. Endi bitta 50-maktabni özini oladigan bölsak, unda endi öz-özidan elita sinf va oddiy sinf paydo bölib qoladi. Va bu bolalarning kayfiyatiga ham ötadi.
Masalan, kimdir yaxşi öquvçi bölişi mumkin, lekin ota-onasining imkoniyati yöq. U öşa tölagan soliğiga sifatli bepul ta’lim olişni xohlaydi. Qöşimça 2 million 800 ming tölay olmaydi. Lekin bola yetarli darajada aqlli. Narigi sinfda u darajada aqlli [bolalar mavjud] emas, lekin öşa ota-onasi qöşimça tölov qila oliş imkoniyatiga ega bölgani uçun ularning boşlaniş nuqtasi bir xil bölmaydi”, – deydi mutaxassis.
Şokir Tursun ta’limdagi şaroitda boşlaniş nuqtasi 2 xil, ammo potensiallari bir xil bölgan bolalar örtasida muvaffaqiyatli bölişdagi farq vaqt ötişi bilan kattalaşişini bildirdi.
“Bitta sinfga yaxşi dars ötiladi, bitta sinfga "böladi" [qabilida] dars ötiladi. Bolalarning muvaffaqiyatida farq sezilişni boşlaydi va Stuart (tadqiqotçi) aytadi: agar bu davom etaversa, farq heç qaçon töxtamaydi”, – dedi u.
Faqat xususiy deb tasavvur qilsak, bu notenglik olib kelişi mumkin
Uluğbek Tursunning fikriça, davlat jamoat uçun ta’limni bepul va tijoriy qilişida körilişi kerak bölgan 2 ta masala bor. Bular – taqsimotdagi adolat va samaradorlik.
“Misol uçun, men qanaqadir boy oiladan çiqqanman, yaxşi maktabga kiraman, mening potensialimdagi kimdir bepul maktabda [öqişni] boşlaşi mumkin. Agar biz faqat xususiy deb tasavvur qiladigan bölsak, bu notenglik olib kelişi mumkin. Çunki ota-onamning boyligi yoki ma’lumotiga, prioritetlarga qarab turib, mening natijalarim özgarib ketişi mumkin. Bu, albatta, taqsimotdagi samarasizlik. Jamiyat sifatida biz samarani qanday belgilaymiz?
Aytaylik, mening boşqa bir şerigim bilan potensialim bir xil, ikkalasi oxir-oqibatda bir xil tarzda ta’limga ega bölsa, şunda [samara böladi]. Çunki potensialimiz bir xil. Davlat ta’limi bepul böladigan bölsa, şu nuqtai nazardan afzalroq”, – deydi Tursunov.
U ikkinçi muhim masala, ya’ni iqtisodiy samaradorlik haqida gapirarkan, bunda tijoriy ta’limdan voz keçib bölmasligini takrorladi. Iqtisodçi sohada bozor muhiti paydo bölişi ortidan sifat ham kötarilişini aytdi.
Ta’lim masalalarida mutaxassis Şokir Tursun umumta’lim muassasalarida ham tijoriy, ham bepul, ya’ni gibrid sinflar bölişi samarali bölişiga qöşildi, ammo davlat bunda bevosita iştirok etişi xato ekanini qayd etdi.
Bunday tendensiyaning davom etişi qanday muammolarni keltirişi mumkin va umuman uning oldini oliş imkoniyati bormi? Intervyuda şu kabi savollarga ham javob berildi.Töliq videoni yuqoridagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.