2025-2026 öquv yilidan tegişli ta’lim dasturlari böyiça amaliy maşğulot va laboratoriya işlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan ötkaziladi.

2025 yil 1 sentabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlaş yölga qöyiladi. Bunda Toşkent şahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari universitetga biriktiriladi va universitet:

har oyda 1 marotaba 7–9-sinf öquvçilarini ularning qiziqişlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni universitet laboratoriyalarida darsdan taşqari maşğulot sifatida öqitadi;
öquvçilarning universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelişini ta’minlaydi.