KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi
Shimoliy Koreya snaryad va raketalar ishlab chiqaruvchi zavodlari maydonini oxirgi uch yilda sezilarli darajada kengaytirdi. The Washington Post’ga ko‘ra, urushning ikkinchi yilida KXDR Rossiyaga 1,6 millionga yaqin snaryad yuborgan.

Foto: KCNA
Shimoliy Koreyadagi snaryad va raketalar ishlab chiqaruvchi yirik zavodlar oxirgi uch yilda o‘zlarining ishlab chiqarish maydonlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib, The Moscow Times xabar berdi.
Moskva KXDRdan o‘q-dorilar xarid qilayotganini hech qachon tasdiqlamagan, ammo Rossiya armiyasida «snaryadlar yetishmovchiligi» shikoyatlari Shimoliy Koreya RFni snaryadlar bilan ta’minlayotgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalganidan keyin to‘xtab qolgan.
Ukrainadagi urushning ikkinchi yilida Shimoliy Koreya Rossiya armiyasi uchun artilleriya o‘q-dorilarini eng ko‘p yetkazib bergan davlatga aylangan. The Washington Post’ga ko‘ra, 2023 yil avgustdan 2024 yil yanvarga qadar KXDR Rossiyaga 1,6 millionga yaqin snaryad yuborgan bo‘lishi mumkin.
Ukraina harbiy razvedkasi boshlig‘i Kirill Budanovning baholashicha, rossiyalik harbiylar tomonidan foydalanilayotgan yirik kalibrli snaryadlarning qariyb yarmi KXDRda ishlab chiqarilmoqda.
Shimoliy Koreyada 20 ga yaqin zavod Rossiya uchun snaryad va raketalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Snaryadlarni asosan uchta korxona yetkazib beryapti — Pxenyandagi 125-sonli zavod, Teson mashinasozlik zavodi va Chagandodagi 26-sonli zavod.
Pxenyandagi 125-sonli zavod maydoni 6,2 kilometr kvadratga yetishi mumkin. 2021 yilda ushbu ishlab chiqarish korxonasi maydoni 2,5 kilometr kvadratdan oshmagan, 2025 yil mart oyida esa u yerda o‘nlab yangi inshootlar paydo bo‘lgan va zavod hududi salkam 2,5 barobarga oshgan. Ishlab chiqarish zonasining 2023 va 2025 yilgi suratlarda transport konteynerlariga o‘xshash obektlarni ko‘rish mumkin.
Teson mashinasozlik zavodi KXDRdagi o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni ishlab chiqaruvchi eng eski zavodlardan biridir. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil noyabrdan 2024 yil avgustga qadar uning yerosti sexlari sezilarli darajada modernizatsiyaga uchragan: sun’iy yo‘ldoshlaridan ko‘rish mumkinki, tunnelning kirish yo‘laklarida qurilish materiallari paydo bo‘lgan, yer ustidagi ayrim binolar buzib tashlangan.
Rossiyaga harbiy yetkazmalar bilan shug‘ullanuvchi yana bir korxona Kangso shahridagi Kumsong traktor zavodi hisoblanadi. U 0,77 kilometr kvadrat maydonda joylashgan. 2021 yilda uning uchdan bir qismigina ko‘tarilgan va sanoat zonasi hududida 9 ta inshoot bor edi. 2025 yilga kelib inshootlar soni qariyb uch barobarga oshgan.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Maktabda raqobat borligi uchun kuchliroq o‘qidim” – Chikago universitetiga to‘liq grant yutgan ilk o‘zbek yigiti
Jamiyat | 10:30
-
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi
Jamiyat | 10:06
-
Zelenskiy: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, Ukrainani mustahkamlash kerak bo‘ladi
Jahon | 09:47
-
Rossiyaga tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:26
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

14:06 / 11.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiyaga kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:17 / 10.03.2025