Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi
U pul yuvish, sanksiyalarni buzish maqsadida til biriktirish va litsenziyasiz biznes yuritishda gumonlanmoqda.

Foto: Pexels
Hindistonda Rossiyaga aloqador yana bir kriptovaluta bozori ishtirokchisi qo‘lga olindi. Moskva davlat universitetini tamomlagan 46 yoshli Litva fuqarosi Aleksey Beschokov AQSh so‘roviga ko‘ra ushlangan. U pul yuvish, sanksiyalarni buzish maqsadida til biriktirish va litsenziyasiz biznes yuritishda gumonlanmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs rossiyalik foydalanuvchilarga kriptovaluta berishni to‘xtatib qo‘ygan Garantex kriptobirjasi ma’murlaridan biri hisoblanadi — uning hisobraqamlarida 2,5 milliard rubldan ortiq mablag‘ «osilib qolgan».
Garantex tergov ishidan xabardor manbaga ko‘ra, hozirda Beschokov Dehlida bo‘lib, u AQShga ekstraditsiya qilinadi. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis va The Washington Post’ning sobiq jurnalisti Brayan Krebsning ma’lum qilishicha, hind huquq-tartibot organlari uni oilasi bilan Hindiston qirg‘oqlarida dam olayotganida qo‘lga olgan.
Bunga qadar kriptobirja ma’murlarini qidirish ishlari «uyqu» rejimida amalga oshirilgan. 7 mart kuni u AQSh, Germaniya va Finlandiya huquq-tartibot organlarining qo‘shma operatsiyasi natijasida «muzlatilgach», maxsus xizmatlar faollashgan.
2002 yilda Moskda davlat universitetining hisoblash matematikasi va kibernetika fakultetini tamomlagan Beschokov Virjiniya shtati okrug sudining fevral oyidagi qarori doirasida hibsga olingan. U BAAda yashovchi rossiyalik Aleksandr Mira Serda pul yuvish maqsadida til biriktirganlikda gumonlanmoqda. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, birja Moskvada joylashgan. AQSh Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, Beschokov Garantex’ning bosh texnik ma’muri bo‘lib, tranzaksiyalarni tekshirish va ma’qullashga mas’ul.
24 fevral kuni Yevroittifoq mazkur kriptobirjaga nisbatan yangi cheklov paketlarini joriy etdi. Unda aytilishicha, Garantex YeI «qora ro‘yxati»dagi Rossiya banklari bilan yaqin aloqada. Xususan, platforma foydalanuvchilari Sberbank, T-Bank va Alfa-bank kartalaridan foydalanib, mablag‘larni boshqarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabrida Polshada AQSh so‘roviga ko‘ra Wex kriptomaydoni sobiq egasi Dmitriy Vasilev qo‘lga olingan edi. Ushbu qulagan kriptobirja hisoblaridan dunyoning turli davlatlaridagi investorlarga teigshli 500 million dollardan 1 milliard dollargacha mablag‘ o‘g‘irlangan. Oktyabr oyida esa Portugaliyada Gotbit kriptovaluta kompaniyasi rahbari Aleksey Andryunin qo‘lga olingandi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Sport | 03:54
-
Putin Ukraina Qurolli kuchlari hujumidan beri birinchi marta Kursk oblastiga bordi
Jahon | 03:16
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Jahon | 00:29
-
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

20:25 / 12.03.2025
Rossiyada qariyb 54 ming qamoqxona noziri yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

17:24 / 12.03.2025