Putin: Rossiya Trampning iltimosiga binoan Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylarining hayotini saqlab qolishga tayyor
Rossiya prezidenti buning uchun Kiyev ularga taslim bo‘lishni buyurishi kerakligini aytdi. O‘z navbatida UQK Bosh shtabi Kurskda ukrainalik harbiylar qurshovda qolgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Foto: Reuters
Vladimir Putin Rossiya AQSh prezidenti Donald Trampning iltimosiga ko‘ra, Kursk oblastida qolayotgan ukrainalik harbiylarning hayotini saqlab qolishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u RF Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi avvalida ta’kidlab o‘tdi.
«AQSh prezidentining chaqirig‘ini samarali amalga oshirish uchun Ukraina harbiy-siyosiy rahbariyati o‘z harbiy bo‘linmalariga qurollarni tashlash va taslim bo‘lish bo‘yicha tegishli buyruq berishi zarur», — dedi Putin.
Uning qayd etishicha, mazkur holatda ukrainalik harbiylarning hayoti saqlab qolinishi kafolatlanadi.
14 mart kuni Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga «minglab ukrainalik askarlar qurshovda qolgani» va u Putinga murojaat qilib, «ularning hayotini saqlab qolishni so‘rashi» haqida yozdi. Tramp frontning aynan qaysi hududi haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan, ammo u Rossiya qo‘shinlari muvaffaqiyatli hujum olib borayotgan Kursk oblastini nazarda tutgan bo‘lishi mumkin.
Kursk oblastidan olingan videolarga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) mintaqadagi o‘zining aksariyat platsdarmidan chekingan. Ukraina armiyasi faqat «Sudja» chegara o‘tish punkti va uning atrofidagi bir nechta qishloqni nazorat qilmoqda. RF Qurolli kuchlarining dronlar zarbalari sabab ushbu hududdagi harbiylar ta’minoti qiyinlashgan bo‘lsa-da, ular qurshovda qolmagan. UQK Bosh shtabi qurshov haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, buni siyosiy bosim deb atadi.
«Bizning askarlarimiz dushmanning hujum harakatlarini qaytarib, unga barcha turdagi qurollardan samarali o‘t ochmoqda. Joriy sutkaning boshidan beri Kursk yo‘nalishida 13 ta jangovar to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bo‘linmalarimiz qurshovga olinish tahdidi yo‘q», — deyiladi Bosh shtab xabarida.
O‘z navbatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kursk oblastidagi vaziyatga izoh berarkan, UQKning mazkur operatsiyasi o‘z maqsadiga erishganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, UQK Kursk oblastiga bostirib kirgani sabab Pokrovsk va Xarkiv yo‘nalishlari barqarorlashgan, dushmanga esa yana Pokrovskka tahdid qilish imkoniyatini topish «oson bo‘lmaydi».
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin 75 yil ichida dengiz sathi uch metrga ko‘tarilishi mumkin - olimlar
Fan-texnika | 00:12
-
YeI davlatlari «Ozodlik radiosi» uchun muqobil moliyalashtirish manbalarini qidiradi
Jahon | 23:38 / 18.03.2025
-
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»
Jahon | 23:07 / 18.03.2025
-
Bundestag mudofaa xarajatlarini oshirishga yordam beradigan qonunni ma’qulladi
Jahon | 22:25 / 18.03.2025
Mavzuga oid

23:07 / 18.03.2025
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»

22:06 / 18.03.2025
Tramp Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat ikki soatdan ortiq davom etdi

20:16 / 18.03.2025
Sanksiyalar yumshatilsa ham G‘arb Rossiyaga pand berish uchun sabab topadi – Putin

19:08 / 18.03.2025